Ikki marta tok urgan va elektr uzatish tarmog‘ining 30 metrlik tayanchidan qulab tushgan erkak tirik qoldi. Yuz bergan hodisa videosi 1-mart kuni YouTube’ning Amazing — It’s Impossible kanaliga joylandi.
|
Asosiy ovqatlanishlar orasidagi tamaddilar vazn yig‘ishga yordam beradi degan fikrlar mavjudligi ko‘pchilikka ma’lum. Lekin, olimlar tomonidan bu fikrning noto‘g‘ri ekanligi isbotlandi. Ya’ni, bu tamaddilar ozish uchun juda kerakli ekan.
|
1. Yuzingiz yuvilgandan so`ng qanday holatda bo`ladi?
A. Taranglashadi.
B. Yaltirab qoladi.
V. Sog`lom va tekis.
G. Peshana va dahan qismi yaltirab, yonoqlar quruqlashadi.
D. Salgina qizaradi.
|
Biz — ayollarning izquvarligimizga Sherlok Xolms ham havas qilsa arziydi. Rost-da, axir eshikdan kirib kelgan juftimizning xatti-harakatiga qarab, uning qanday kayfiyatda ekanligiyu maosh oldimi-yo`qmi, to`g`ri uyga kelayaptimi yoki onajonisining eshigidan ham mo`ralab qo`ydimi, xullas, hamma-hammasini bilib olamiz. Biroq qanchalik ziyrak bo`lmaylik, o`tayotgan hayotimiz kutilmagan «sovg`a»larga boy bo`lib, ba`zan nazoratni qo`ldan chiqaramiz. Xo`sh, shunday vaziyatga tushib qolmaslikning iloji bormi? Keling, shu haqda suhbatlashamiz.
|
Hammasi yaxshi edi... Gohida xayol bilan idish tovoqlarni yuviqsiz qoldirsam, qaynonam ba`zida sekin, ba`zida chinnilarni “jarang-juring” qilib, yuvib qo`yardi. Sochiqlarni ivitish uchun tog`orajonga solib, boshqa yumushga unnasam, qaynonam vannaga o`tib, tog`oradagi kirlarni yuvishga kirishardilar. Boshida xijolat bo`lib “Oyijon, qo`yavering, o`zim”, derdim.
|
O`zining keskin qarashlari bilan mashhur bo`lgan rossiyalik psixolog o`zining shunday qarashlari bilan juda ko`p oilalar va hayotlarni saqlab qolgan.
AdMe.ruuning maslahatlarini o`rganib chiqib ulardan eng yaxshilarini tanladi
|
Ba`zi insonlar kimgadir yordam bermoqchi bo`lib, boshqa birovga pand berib qo`yadi-yu, keyin nadomat olovi ichida qovriladi. Qilgan ishini, oqibatini anglab etganida esa qo`lidan hech narsa kelmaydi. “Yuragimda saqlaganlarim...” sahifasiga ana shunday vaziyatga tushgan ayol qo`ng`iroq qildi. Ismini sir turishimizni so`rarkan, “Mening aytganlarimni albatta yozing”, deya qayta-qayta tayinladi...
|
Shahzoda bu telba jur`at sohibining shahdidan qo`rquvga tushdi va orqaga tisarila boshladi.
Qizil ajal allaqachonlar mamlakatni huvillatib ketgandi. Hali biror epidemiya bu qadar katta talofatlarga sabab bo`lmagandi. Qon uning tamg`asi, to`q qizil qon dog`i esa, uning muhriga aylangandi. Kutilmagan bosh aylanishi, azobli bezgak talvasasidan so`ng bemor qon qusa boshlar, keyin esa, ajal o`z nashtarini sanchardi. Marhumning tanasida, ko`pincha yuzida to`q qizil qon dog`lari muhrlanib qolar, uning yaqinlaridan hech kim ajalga em bo`lgan qurbonga yordam berolmasdi. Kasallik ilk belgilaridan to ajal hukmiga qadar nari borsa yarim soat vaqtni egallardi.
|
|