Armonimdir jamalakli sochim piligi, Chang ko‘chada qolib ketgan chala o‘yinlar. Qulog‘imda qo‘shiq bo‘lib qoldi bir kulgi, Allakimning suhbatidan ketdim to‘yinmay…
Gurkirgan quvonchlarim Siz bilan to‘ldi, Siz-la to‘ldi bag‘rimdagi titroq dardlarim. Sizning bilan olamim ham bir butun bo‘ldi, Sizning bilan to‘ldi hatto ko‘ngil gardlarim....