Sog'inganda izlab bir nishon, Qabring tomon olar edim yo'l. Keltirarding menga bir zamon, Endi har chog' men eltaman gul.
Hayot kitobimni bexos varaqlab, Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim. Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab. Suyish kerak bo‘lsa - telbacha suydim.
Qalb bo’lganda yiroqda Iroda ekan ojiz. Do’stlar ham ko’p atrofda, Ammo men yakka-yolg’iz...
Nevaram quyunday otilib kirib, Qalamim tagidan qog‘ozni yular . Damda varrak yasab ko‘kka uchirib, Izidan qop-qora ko‘zlari yurar,
Shu kunlarda bahorga zorman, Navjuvonlik o‘ti tanda yo‘q. Kuz singari za’far ruxsorman, Mevalar ham shoxlardan uzuq.
Shu kunlarda bahorga zorman, Tanxastalik ezadi ruhim. Tanho emas, qatorda borman, Yana neni izlaydi suqim?
O’tdi oylar g’am bilan oqib, Dil topmadi zarra tasallo. Firoqingda qoldim tutoqib, Ne baloga etding mubtalo!
Ko’z ochgani qo’ymaydi alam, Boshim qo’ysam kuydirar bolish. Yupatolmas kitob va qalam, Misralarim ko’tarar nolish.
Ko‘zingda chaqmoqqa o‘xshash o‘tli nam, Ranging siniqishi, lab titrashi sir. Balki, hisni bo‘g‘ib, irodangga jim Yolvorasan, kuch ber, bo‘lmay deb asir?
Jilib-jilmas to’lin oy, Bulut xayolday yengil, Oy anhorda qulun toy, Gilosda shig’il-shig’il.
Salqin saharlarda, bodom gulida, Binafsha labida, yerlarda bahor. Qushlarning parvozi, yellarning nozi, Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor...