Омадинг кетишин тиларлар, Иймоннинг эшигин иларлар. Душман килиб чин дўстинг билан, Эринмай ғийбатинг қиларлар.
Yana qo‘lga olib qalam Sog'inchimni etdim bayon Ichimdagi dardu alam Faqat bir o‘zimga ayon
O`tayapti umrimiz Misoli daryo kabi Biz kutgan bahtli kunlar Negadir bizdan nari
Mening bolaligim o'tgan tanish joylar, tanish joylar Bugun sahro bo'lib qolgan, maysalari qurib qolgan Sog'inch bilan bordim yana u yerlarga, u yerlarga Suv ham kelmay qo'yibdiku ariqlarga ariqlarga
Хаёт сўқмоқларин ораламоқ мушкул, Балким йўқотарсан бир кун изимни. Тақдирни ким билар? Кун келиб балким... Ўғлинг севиб қолар менинг қизимни.
Besamar o'tkazibman Qancha oyu yillarni Bilib bilmay ranjitibman Qancha sodda dillarni
G'animlarim kulaveringlar Ko'zlarimni yoshlab ketaman Sizga berib barcha quvonchim Bu dunyoni tashlab ketaman
Yoshligimiz o`tdi ko`chalarda Yaqinlaru qadirdonlar bilan Xozirgi yoshlar virtual dunyoda Yashaydi turli o`yinlar bilan
Билмай қолибман ялмоғиз такдир, Умримнинг ярмини ямлаб қўйибди. Тундек қоп-қора сунбул сочимга, Оппоқ нурларни қўшиб ўрибди.
Yuragimni tildi har kuni, Sovuq qishning sovuq nafasi. Sevgi do`stlik vafo muhabbat, Tark etdiku barcha barchasi.