Zarur masalliqlar: 300 ml. qaynatilgan sut, 120 gr. qovoq, 100 ml. ko‘pirtirilgan qaymoq, 4 choy qoshiq shakar, yarim choy qoshiq vanilin, pichoq uchida dolchin.
1. Banan va qaymoq bilan
2 dona banan va 200 gr. qulupnayni blenderda maydalab oling. 2 osh qoshiq shakar, 300 ml. sut va 100 gr. muzqaymoqni qulupnayli massa ustiga solib, ko‘pirguncha aralashtiring. 150 ml. muzlatgichda turgan qaymoqni 2 osh qoshiq shakar upasi va bir chimdim vanilin bilan mikserda ko‘pirtirib oling. Mevali qorishmani stakanlarga to‘latmasdan quyib, ustiga ko‘pirtirilgan qaymoqni soling va bezating.