Вверх
Четверг, 21-Ноября-2024, 19:10
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 338
Статистика
Главная » 2017 » Март » 4 » Qizil ajal niqobi
Рекомендуемы
09:55
Qizil ajal niqobi

Shahzoda bu telba jur`at sohibining shahdidan qo`rquvga tushdi va orqaga tisarila boshladi.

Qizil ajal allaqachonlar mamlakatni huvillatib ketgandi. Hali biror epidemiya bu qadar katta talofatlarga sabab bo`lmagandi. Qon uning tamg`asi, to`q qizil qon dog`i esa, uning muhriga aylangandi. Kutilmagan bosh aylanishi, azobli bezgak talvasasidan so`ng bemor qon qusa boshlar, keyin esa, ajal o`z nashtarini sanchardi. Marhumning tanasida, ko`pincha yuzida to`q qizil qon dog`lari muhrlanib qolar, uning yaqinlaridan hech kim ajalga em bo`lgan qurbonga yordam berolmasdi. Kasallik ilk belgilaridan to ajal hukmiga qadar nari borsa yarim soat vaqtni egallardi.

Biroq shahzoda Prospero avvalgidek xushchaqchaq, g`am qayg`udan yiroq, qalbi qo`rquv va dahshatdan xoli edi. Uning mulki deyarli bo`shab qolgan bir paytda u ming nafar eng uchqur va navqiron mulozimlarini olib, hech kim bezovta qilmaydigan erga – xilvat butxonalardan biriga chekindi. Butxona binosi shahzodaning shohona ta`biga ko`ra, o`ta dabdabali tarzda bunyod etilgan, qalin devorlar, metin darvozalar har qanday xatardan himoya qilishi mumkin edi. Qo`riqchilar barcha kirish va chiqishlarini har ehtimolga qarshi mahkamlab tashladilar va tunu kun sergaklik bilan posbonlik qila boshladilar. Shahzoda barcha xavfsizlik vositalari bilan ihotalangan, u hech qandan xavfdan qo`rqmasa ham bo`lardi. Devor ortida qolganlar esa, o`z kunini ko`rib ketar!

Boshqalarning g`amini eyish fursati emasdi. Shahzoda alhol butun e`tiborini maishatga, ko`ngilxushlikka qaratgan edi. Bu mustahkam qasrda, baxshilar, huqqabozlar, qiziqchilar, raqqoslar, sozandayu mug`anniylar, oqbadan nozaninlar, mayu musallas, xullas jamiki aysh-ishrat asbobi muhayyo edi. Xullas ichkarida o`yin-kulgi, shodligu farog`at, tashqarida qizil esa, ajal hukmron edi.

Oradan besh-olti oycha vaqt o`tdi. Qizil ajal hamon o`z qurbonlarini yamlashda, butxonadagilar esa, shod-xurram hayot kechirishda davom etardilar. Kunlarning birida ming nafar mulozimi bilan saroyda misli ko`rilmagan bal-maskarad o`tkazishga ahd qildi.

Butxonada etti katta-katta hashamatli hujra bor edi. Xonalar shunday qurilgan ediki, bir qarashda ularning hammasini bitta xona bo`lsa kerak deb o`ylash mumkin. Har 20-30 yard masofada sizni bitta burilish kutar va har bir burilishda biror yangilikka duch kelishingiz mumkin edi. Har bir xonada, chapda va o`ng tarafda devorlar orasida gotik usuldagi baland va tor rangli derazalar o`rnatilgan bo`lib ular maxsus yopiq galereyalarga ochilardi. Sharq tarafdan oxirgi xonaning devorlaridan tortib to deraza oynasigacha moviy rangda edi. Ikkinchi xona qirmizi rangga bo`yalgandi. Uchinchi xonanig devori ham oynalari ham zangori edi. Shu tariqa to`rtinchi xona to`q sariq, beshinchi xona oq, oltinchisi binafsharang, ettinchi xona qora baxmal bilan bezatilgan edi. Xonaning shiftidan tortib to poliga qadar faqat qora tusli matolar bilan qoplangandi. Faqat ushbu xonadagina deraza rangi ichki devorlarnikidan farqlanib turar, bu erda oynalar to`q qizil rangda edi.

Ichma-ich xonalarning hech birida chiroq yo qandil o`rnatilmagan, galereyada, har bir derazaning to`g`risida qo`yilgan sepoyada mash`alalar yonib turar, ularning nuri turfa xildagi oynalardan sizib o`tib, xonalarga o`zgacha fusun baxsh etardi. Faqatgina g`arb tarafdagi qora hujraga oqib kirayotgan qon rangi hujraning dahshatini yanada bo`rttirib ko`rsatar, shu bois uncha-muncha odamning bu xujraga kirishga yuragi betlamasdi.

Darvoqe, qora hujraning devoriga qora yog`ochdan yasalgan soat osilgan edi. Soatning daqiqa mili o`z mehvarini bir bora aylanib chiqqanida, soat kafgiri shu qadar kuchli va jarangdor bong urardiki, hatto ziyofatda soz chalayotgan sozandayu mug`aniylar ham bir zum jim turishga majbur bo`lishardi. Soat bongi shu qadar ta`sirchan kuchga ega ediki, vals tushayotgan juftliklar bir zum to`xtab, o`yga tolishar, ayrimlarning hatto rang-quti o`chib o`zini qo`yarga joy ham topolmay qolardi. Bong tinishi bilan yana xursandchilik, kayfu safo avjiga minardi. Yana bir soat o`tib, avvalgi holat takrorlanardi.

Xullas bal-maskarad shu taxlit xandon xushon o`tardi. Shaxzodaning didi o`ziga xosligi bilan boshqalardan farqlanib turardi. U moda bilan qiziqmas, hamma narsa aynan o`zi xohlagandek bo`lishini istardi. Uning har bir fikri g`ayrioddiy, jaydarari hashamga xos va hamma uchun majburiy edi. Ko`pchilik shahzodani bu fe`li uchun telbaga chiqargan, ammo uning yaqinlari bu haqda lom-mim deyolmasdilar.

Shahzoda ettita hujraning jihozlari, ziyofatlarning tartibini shaxsan o`zi nazorat qilardi. Maskaradda niqob tanlashni ham u hal qilardi. Har yoqda turli afsonaviy “maxluqlar” kezib yurar, ammo ularning har birida allaqanday bema`nilik sezilardi. Ularning barchasi mantiqsiz va jununvash xuruj mahsuli edi. Bu tomoshalarning ba`zilari chiroyli, ba`zilari axloqqa zid, yana ayrimlari o`ta antiqa edi. Hatta ayrim niqob va tomoshalar chetdan qaraganda jirkanish va nafrat tuyg`usini uyg`ota olardi. Ettita hujraning har birida biz tushimizda ko`rgan g`alati sharpalar sarsari kezardi. Bu sharpalar xonadan-xonaga o`tganda rang-barang ko`rinish hosil qilar, ularning oyoq tovushlari ham allaqanday vahimali aks sado berardi. Faqatgina qora baxmal qoplangan xonadan soat bongi eshitilganida, hamma sharpalar joyida tek qotardi. Bu mudhish ovoz tinishi bilan yana butun qasrda shaytoniy jazava boshlanardi. Faqat hech kim galereyaning g`arbiy tarafidagi, derazalaridan to`q qizil qon rangidagi shu`la sizib kiruvchi xonaga qadam bosishga jur`at etolmasdi. Bundan tashqari kimki qora gilamga qadam bossa, soat bongi xuddi dafn qo`ng`irog`idek mahzun sas chiqara boshlardi.

Qolgan xonalarda o`yin-kulgi avj pallasida edi. Soat yarim tunda bong urganida bayram qiyomiga etgandi. Dahshatovar bong ta`sirida raqqoslar ham turgan erida qotdi, shovqin suron taqqa to`xtadi. Bu gal har bir bong avvalgidan ko`ra uzoqroq va balandroq eshitilgandek bo`ldi. Hali so`nggi bong uni tinmay turib, bal ishtirokchilari oralaridagi begona niqobni payqab qolishdi. Shundan so`ng hamma pichirlab notanish niqob egasi paydo bo`lgani haqida bir-birini xabardor qilishga tushdi. Keyin pichir-pichirlar oshkora norozilik va hayrat in`ikosiga aylandi. Agar bu niqob boshqalariga o`xshab turganida, hech kim e`tibor qaratmagan bo`lardi-ya! Yangi niqob mutlaqo shahzodaning talabi darajasidan tashqarida edi. Eng loqayd qalblarda ham chertishga hech kimning qo`li etmaydigan yashirin torlar bo`ladi. Hatto o`lim va hayot bilan bemalol hazillasha oladigan jur`atli kimsalarning ham bosib o`tishga yuragi dov bermaydigan chegaralr mavjud. Biroq, bu gal ishtirokchilar notanish kimsaning niqobiga qarab, ana shu sarhadlar beayov poymol etilganini anglagan edilar. Kutilmagan mehmon baland bo`yli keng elkali, boshdan oyoq oq matoga burkangan edi. Uning yuzini bekitib turgan niqob esa, o`likning qiyofasini eslatardi. Bu noma`lum “hazilkash” o`zini aynan Qizil Ajal ko`rinishida his etishlarini istagandi. Uning oq libosida qon izlari yaqqol ko`rinar, yuzida esa to`q qizil qon dog`i aks etardi.

Shu choq raqqoslar orasida tantanavor qadamlar ila kezib yurgan shahzoda ham bu notanish basharaga tikilganda qotib qoldi. Unga yaqin turganlar shahzodaning butun vujudini na qo`rquv, na nafrat, na g`azab iskanjasiga o`xshash g`alati titroq bosganini ilg`ashdi.

— Kim jur`at etdi? – bo`g`iq ovoz bilan atrofga yuzlandi Shahzoda. - Qaysi axmoq bu iblisona hazilni o`ylab topdi? Darhol bu yaramasning yuzidagi niqobni yulib oling, toki biz uning kimligini bilaylik. Ertaga ertalab uni qal`a devoriga osinglar!

Shahzoda bu amrni sharq tarafdagi moviy xonadan turib aytdi. Uning o`ktam ovozi har ettita xona bo`ylab bir xilda jarangladi. Hamma uning amrini bajo keltirish uchun notanish mehmonga yuzlanganida uning harakatidagi sokinlik va iroda barchani hayratga soldi. U esa, dadil odimlar bilan shahzoda tomon yurdi. Notanish kimsaning o`ziga ishonchi hammani qo`rquvga qolgani uchunmi, hech kimning unga yaqinlashishga yuragi dov bermadi.\

U shahzodaga yaqinlasharkan, hamma devorga tisarilgacha unga yo`l berardi. Shahzoda bu telba jur`at sohibining shahdidan qo`rquvga tushdi va orqaga tisarila boshladi. Notanish kimsa esa, moviy xonadan pushtirang xonaga, keyin, zangori, zarg`aldoq, oq va nihoyat qora rangli xonaga ham shaxdam qadamlar bilan kirib bordi. Shahzoda Prospero esa, g`azab va kutilmagan qo`rquv ixtiyorida tobora ortga chekinardi. Soqchilardan hech biri uni to`xtatishga jur`at etolmadi.

Shahozoda qo`lida yalang`och xanjar bilan qochib borarkan, qora hujra ostonasini hatlab, balan ovozda qichqirdi va xanjarni irg`itib, qora gilam ustiga behush yiqildi. Onay lahazalar o`tib, gilamda ustidagi shahzoda jonsiz jasadga aylangandi. So`ng barcha ziyofat qatnashchilar qora hujraga yopirildi. Keyin kutilmagan jur`at bilan yog`och soat panasida qotib turgan g`alati sharpaga tashlanishdi va eng g`aroyibi hammani dahshatga solgan oppoq kafannusxa kiyim va qo`rqinchli niqob ortida hech narsa yo`q edi.

Shunda bu g`aroyib sharpa Qizil ajalning o`ziga ekaniga hech kimning shubhasi qolmadi. Shu tobda bu erdagi ishratparast kimsalarning bari dahshatli qon dog`lariga belangancha, turgan erlarida jon taslim eta boshladilar. Shundan so`ng yog`och soat ham chiqillashdan to`xtadi, mash`alalardagi otash birin-ketin so`ndi va butun qasr Zulmat, Halokat va Qizil ajal hukmronligi ostiga o`tdi.

R.Jabborov tarjimasi


Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar | Просмотров: 1885 | Добавил: admin | Теги: mutolaa, tasirli, ajal niqobi, ajoyib maqolalar, voqealar, olami, qizil, hikoyalar, tasirli hikoya, qiziqarli hikoyalar | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Четверг 21-Ноября-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Март 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz