Bahor kelishi bilan qo‘llarning quruqshab, rangsiz bo‘lib qolishini mutaxassislar avitaminoz — vitaminlar yetishmasligi bilan bog‘laydi.
Avitaminoz odam organizmida bitta yoki bir nechta vitaminlar yetishmasligi holatidir. Ko‘pincha avitaminoz to‘g‘ri ovqatlanmaslikdan kelib chiqadi hamda qish bo‘yi charchagan organizm zarur vitaminlar bilan ta’minlanmagan va quyosh nuridan yetarlicha bahramand bo‘la olmagan paytda — bahor boshida ayniqsa faol namoyon bo‘ladi.
|
Bizning mentalitetimizda erkaklar asosan oilaga ko’proq mas’ul bo’lganliklari uchun oilaviy muammolar va yechimlar aynan ularning zimmasiga tushadi. Katta xayotga qadam qo’yayotgan har bir erkak oldida turgan muammolarga tayyor bo’lishi kerak. Har qanday muammoga tayyor bo’lish uchun esa u muammolar nimadan iboratligini bilish darkor. Kamina ushbu saytga yozgan ilk maqolamni shu muammolarning ba’zilarini sanab o’tish bilan boshlamoqchiman.
|
Ma’lum bo‘lishicha, hozirda erkaklar mamnuniyat bilan foydalanadigan buyumlarning ko‘pchiligini ayollar ixtiro qilgan ekan. Sovitgich, zirhli jilet va hattoki pivo ham ayol kishilar tomonidan o‘ylab topilgan. Yuqori texnologiyalar sohasidagi ba’zi dongdor ixtirolar ham aynan ayollarga tegishli ekan. Quyida ularning ba’zilari bilan tanishishingiz mumkin.
|
Qo‘lning terlashi erkaklarni ko‘p hollarda noqulay holga solib qo‘yadi. Bu kuchli jins vakillari ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi albatta. Doimiy stress, o‘ziga ishonchsizlik, imkoniyatlariga past baho bilan qarash kabi omillar oila boshliqlari bo‘lmish erkaklarning kasbiy muvaffaqiyatga erishishlariga ham to‘sqinlik qilishi mumkin. Bunday odamlar boshqalar bilan qo‘l berib ko‘rishishdan qochishadi.
|
Yod miqdori yetishmasligi turli qalqonsimon bez kasalliklarini keltirib chiqaradi. Bu kasallikning yurtimiz hududidagi eng keng tarqalgan turi endemik bo‘qoq bo’lib, asosan, yosh bolalar, o’smirlar, homilador hamda emizikli ayollarda ko’p uchraydi.
|
Oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadigan sanaga ham juda oz muddat qoldi. Abituriyentlar imtihonlarga yil(lar) davomida qanchalik qattiq tayyorgarlik ko‘rmasinlar, imtihon oldidan hayajon bosishi, xavotir va asabiylik kuzatilishi tabiiy hol. Bu vaqtda imtihonlarga kitob o‘qib, test, misol-masala yechib tayyorlanish bilan bir qatorda, ruhiy tadorik ko‘rish ham muhim ahamiyatga ega.
|
Immunitet organizmning kasal yuqtirmasligi va kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatidir. Immunitetni ko‘tarish esa salomatlikni mustahkamlashning bir usuli hisoblanadi. Immun tizimining zaiflashishi nafaqat ma’lum bir vitamin yoki minerallar yetishmasligi, balki hayot tarzingiz va kun tartibingizning noto‘g‘ri tashkil etilishiga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
|
|