Oyoqning terlashi ko‘pgina noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Nohush hid chiqarishi faqatgina o‘zingizni emas, atrofdagilarning ham asabiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu kabi muammolardan qutulish uchun quyidagi tavsiyalarga rioya qilib ko‘ring.
|
Inson tanasi yurish uchun yaratilgan. Ajdodlarimiz kun bo‘yi dalalarda ishlagan yoki soatlab o‘rmonlar kezgan. Biroq hayotimizga televideniye, kompyuterlar va ofisda ishlash kirib kelgach, odamlar bir kunda o‘rtacha 9,3 soat vaqtni o‘tirib o‘tkaza boshladi. Bu hattoki, uyqu vaqti (kuniga o‘rtacha 7,7 soat)dan ham ko‘proq demakdir.
|
Joriy yilda sotuvga chiqqan Rossiyaning mashhur marketologi, «Mann, Ivanov va Ferber» nashriyotining asoschilaridan biri Igor Manning «1-raqamli. Qanday qilib ishingizda eng yaxshi bo‘lish» asarida erkak kishi o‘z sohasida birinchi raqamli bo‘lishi uchun nimalarga e’tibor berishi kerak, qanday sifatlarni o‘zida shakllantirishi kerak hamda nimalar qilishi kerakligi haqida aniq tizimli maslahatlarini bergan.
|
Vaqt tig‘iz bo‘lganida uzun sochlarni tartibga keltirish ortiqcha tashvish bo‘lib tuyulishi mumkin. Biroq ba’zi usullar yordamida ularni qisqa vaqt ichida chiroyli holatga keltirish mumkin. Quyida bunday soch turmaklarining ba’zilarini keltirib o‘tamiz.
|
Kostyum erkaklar kiyimi orasida eng e’tiborga loyig’i desak adashmagan bo’lamiz. U erkakka viqor va savlat beradi. Lekin noto’g’ri tanlangan kostyum ushbu salobat va viqorni buzib qo’yishi mumkin. Bu galgi maqolamizda kostyum tanlayotganda qaysi jihatlarga e’tibor berishingiz kerakligi haqida to’xtalib o’tamiz.
|
Ushbu keks tez tayyor bo‘lishi va kam masalliq talab qilishi, shuningdek mayin bo‘lib pishish xususiyati bilan sizning eng sevimli retseptlaringizdan biriga aylanishi shubhasiz. Tarkibidagi yong‘oq esa uni nonushtabop to‘yimli pishiriqqa aylantiradi.
|
Soch to‘kilishi ko’pchilik erkaklarning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 95 foizdan ko‘proq holatda sochlarning to‘kilib, tepakal bo’lishga androgenetik alopetsya (irsiy soch tushishi) sabab bo‘ladi.
|
Yosh kattalashgan sari, kishi terisida ajinlar paydo bo‘la boshlaydi. Tabiiyki, har bir ayol atrofidagilardan terisidagi bunday kamchiliklarni bekitishga intiladi. Xo‘sh, ajinlarni uy sharoitida yo‘qotishning usullari mavjudmi?
|
Erkak kishining qo’lidan har qanday ish kelishi kerak. Ba’zida shunday vaziyat bo’ladi-ki, zanglagan bolt yoki gaykani ochish kerak bo’ladi. Bu ko‘p kuch va vaqt talab qilishi mumkin. Xo‘sh, bunday vaziyatda nima qilsak, muammoni osongina hal etgan bo‘lamiz?
|
So‘nggi yillarda ayollarimiz orasida yangi urf shakllanib kelmoqda. Avvalgi kelinlarning gap mavzulari qaynona, qaynopayu, ovsinlar bo‘lsa, zamonaviy kelinlar bo‘sh narsaga vaqt sarf qilishdan ko‘ra, ruhiy va jismoniy sog‘lig‘ini yaxshilashni afzal ko‘rishadi. Albatta sport asrlardan beri kelinlarning asosiy mavzularini to‘laligicha o‘rnini bosgani yo‘g‘u, ammo sekin astalik bilan ayollarimizning turmush tarzining ajralmas qismiga aylanishi ajabmas…
|
Shakar mavzusi hozir dolzarb mavzuga aylanib qoldi. Shakar tanqisligi va shakarga uzun navbatlarni paydo bo’lgani sababli ko’pchiligimiz uni kamroq iste’mol qilishga majbur bo’lmoqdamiz. Lekin shakarni kamroq iste’mol qilish uchun bundan muhimroq bo’lgan sabablar bor. Bu maqolamizda shu sabablardan beshtasini tanladik.
|
Kiygan har bir libosi o’ziga bo’lgan ishonchni ta’minlasagina, ayol o’zini kun bo’yi qushdek yengil his qiladi.
Did bilan tanlangan kiyim qomatning ba’zi kamchiliklarini yashiradi. Shuningdek, tananing yuqori va quyi qismini o’zaro uyg’unlashtirish uchun yuz, bo’yin va qo’llar haqida qayg’urish lozim. Buning uchun quyidagi tavsiyalarga e’tibor bering:
|
|