Sotsiologlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, har kuni tongda oyna oldida soqol olish erkaklar umrining o‘rtacha 180 kunini band etar ekan. Mazkur kunlik yumush ko‘pchilik erkaklar uchun yoqimsiz mashg‘ulot hisoblansa-da, uning foydali tomonlari ham yo‘q emas. Masalan, soqol olish natijasida yuz terisi o‘ziga xos massaj qilinadi. Shuningdek, yuz terisidagi eskirgan, halok bo‘lgan hujayralardan tozalanadi. Bu esa terining sog‘lom bo‘lishiga xizmat qiladi.