Вверх
Пятница, 22-Ноября-2024, 02:13
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 338
Статистика
Главная » 2017 » Март » 20 » Imtihonga ruhiy tayyorlanamiz
Рекомендуемы
18:49
Imtihonga ruhiy tayyorlanamiz

Oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadigan sanaga ham juda oz muddat qoldi. Abituriyentlar imtihonlarga yil(lar) davomida qanchalik qattiq tayyorgarlik ko‘rmasinlar, imtihon oldidan hayajon bosishi, xavotir va asabiylik kuzatilishi tabiiy hol. Bu vaqtda imtihonlarga kitob o‘qib, test, misol-masala yechib tayyorlanish bilan bir qatorda, ruhiy tadorik ko‘rish ham muhim ahamiyatga ega.

Shu maqsadda imtihon kuniga tobora yaqin turgan o’quvchilarimizga bir qator maslahatlar tayyorladik. Umid qilamizki, ularga rioya qilib, imtihon vaqtida ortiqcha xatolarga yo‘l qo‘ymaydilar.

1) Vaqtingizni to‘g‘ri taqsimlang. Imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishda o‘quv fanlari jadvalini qat’iy tuzib olsangiz, shoshib qolmaysiz va ortiqcha asabiylashmaysiz. Yangi ma’lumotlarni xotiraga saqlayotganda miyangizda kechuvchi jarayonlarni tasavvur qiling: xotira ikki xil bo‘ladi — vaqtinchalik va doimiy. Vaqtinchalik xotiraga miya po‘stlog‘i javobgar bo‘lsa, doimiy xotira esa miyaning nisbatan chuqurroq qismida joylashgan. Ma’lumotlar doimiy xotirada saqlansagina imtihonlar vaqtida yordam beradi. Shuning uchun ma’lumotlarni yaxshi eslab qolish uchun uni ko‘proq takrorlang va doimiy xotirada saqlanganiga ishonch hosil qiling.

2) Imtihonga tayyorlanaman, deb uyqudan butunlay voz kechmang. Sog‘lom uyqu salomatlik uchun nihoyatda muhim. Uyqudan oldin esa eng qiyin fandan tayyorgarlik ko‘ring. Chunki uyqu vaqtida, yuqorida aytganimizdek, axborotlar vaqtinchalik xotiradan doimiysiga o‘tish jarayoni ro‘y beradi.

3) Konspekt, darslik va qo‘shimcha adabiyotlarni tartib bilan saqlang. Kerak paytda ularni osongina topib oladigan bo‘lsin.

4) Ovqatlanish tartibiga qat’iy rioya eting. Odatda abituriyentlar imtihonga tayyorlanayotgan vaqtda ovqatlanishdan ham vaqtini qizg‘onadi. Bu esa ularga aks ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Fast-fud, konditer va boshqa sun’iy oziq-ovqatlardan voz kechib, meva va sabzavotlar, yormalar, baliq, tuxum, sut mahsulotlaridan ko‘proq iste’mol qilsangiz, xotirangiz mustahkamlanadi, diqqatingiz jamlanadi, ko‘rish qobiliyatingiz ham yomonlashib ketmaydi. Tadqiqotlarda imtihondan oldin baliq, yong‘oq, zaytun yog‘i, qora shokolad iste’mol qilganlar yaxshiroq natijaga erishishgan bo‘lsa (agarda ushbu mahsulotlarga allergiyangiz bo‘lmasa), fast-fud va yog‘li taom iste’mol qilgan talabalar past ko‘rsatkichga erishgani kuzatilgan.

5) Oxirgi daqiqalargacha o‘qimang. Oxirgi kun tungacha imtihonga tayyorlanish vaziyatni battar yomonlashtirishi mumkin. Uyqusizlik va charchoq natijasida miya ma’lumotlar oqimini nazorat qila olmay qolishi mumkin. Shuni unutmangki, bir kunda ko‘p narsani o‘rganishga har qancha urinmang, ulgurmaysiz. Yaxshisi, tayyorgarlikni avvalroq boshlang va bir kun qolganda miyangizga dam bering. 31 iyul kuni miriqib uxlang, sayrga chiqing, o‘zingiz yaxshi ko‘rgan ovqatdan iste’mol qiling, yengilroq badiiy kitob o‘qing.

6) Dars qilish uchun bir nechta joyni belgilab oling. Olimlarning fikricha, joyning o‘zgarib turishi miya faoliyatiga assotsiatsiya yo‘li bilan ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni, bu ma’lumotni kutubxonada, bunisini uyda, mana bunisini o‘quv markazida yodlagan edim, deya eslab qolishingiz mumkin.

Agarda imtihonlar o‘tadigan joyda tayyorgarlik ko‘rish imkoni bo‘lsa, buni qo‘ldan boy bermang. Bu kontekstual xotiraning mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Ya’ni, ma’lumotlar ular yodda saqlangan joyda osonroq esga keladi.

7) Tanaffus qilib turing. Tayyorgarlik jarayonida vaqti-vaqti bilan tanaffus qilib turing. Bu paytda miyangizni chalg‘iting — toza havodan nafas oling, ozroq sayr qiling, biror narsa yeb oling va hakozo. Bir narsani unutmang: dam olib tursangiz, miyangiz ma’lumotlarni yaxshiroq o‘zlashtiradi, diqqatingiz jamlanadi, fikringiz tiniqlashadi va o‘zingizni tetik his etasiz. Biroq dam olish 15 daqiqadan oshib ketmasin. Aks holda dars jarayoniga qaytishga qiynalib qolasiz.

8) Ma’lumotlarni eslab qolish uchun maxsus kartochkalardan foydalaning. Ularni o‘z qo‘lingiz bilan yasang, chiroyli bezak berishni ham unutmang. Kartochkalarga ma’lumotlarni yozishda grafika, rasm, diagramma, jadvallardan foydalansangiz, osonroq eslab qolasiz. Ayniqsa, sizda vizual xotira kuchli bo‘lsa, surat va tasvirlar katta yordam beradi.

9) Materiallarni qismlarga ajratib o‘rganing. Masalan, rangli qalam (flomaster)lar yordamida ma’lumotlarni belgilab oling: sariq qalam — muhim qoidalar, ko‘k — formulalar, yashil — davlatlar va hakozo.

10) O‘zingizni sinov testlari bilan sinab turing. Shunda qaysi mavzuda xato qilayotganingizni bilib olasiz, ruhiy jihatdan ham tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lasiz.

11) Past ovozda mumtoz musiqalar tinglang (shunday musiqa tinglang-ki, unga qo’shilib siz ham kulaydigan musiqa bo’lmasligi kerak), nafas olish mashqlarini bajarib turing. Bular xotirangizning mustahkamlanishiga yordam beradi.

12) Eng qiyin mavzularda o‘zingiz bilan viktorina uyushtiring. O‘zingizga mavzu yuzasidan savollar bering va ularga javob bering.

13) Sizga qiziq bo‘lmagan mavzularga birinchi bo‘lib e’tibor qarating. Qiyin mavzularni o‘zlashtirganingizdan so‘ng o‘zingizni taqdirlashni unutmang. O‘zingizni hursand qiladigan biror sovg‘a sotib oling.

14) Imtihonga ertaroq keling. Shunda imtihon boshlanguncha o‘zingizni ancha bosib ulgurasiz.

15) Dastlab oson savollardan boshlang. O‘z javoblaringizdan shubhalanmang, ichki ovozingiz(intuitsiya)ga quloq tuning. Qanchalik ko‘p shubhalansangiz, to‘g‘ri javobni belgilash imkoniyatingiz shunchalik kamayib ketadi. Bahsli savollarga ko‘p vaqt sarflamang-da, ularga keyinroq qayting.


Manba: Erkak.uz

Категория: FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR | Просмотров: 2488 | Добавил: admin | Теги: antiqa, dtm testlariga tayyorgarlik, imtihondan o'tish, imtihonga tayyorlanish, test sinovlariga tayyorlanish, o'qishga kirish, o'qishga tayyorlanish | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Пятница 22-Ноября-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Март 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz