1. Yuzingiz yuvilgandan so`ng qanday holatda bo`ladi?
A. Taranglashadi.
B. Yaltirab qoladi.
V. Sog`lom va tekis.
G. Peshana va dahan qismi yaltirab, yonoqlar quruqlashadi.
D. Salgina qizaradi.
2. Oziqlantiruvchi pardoz vositalaridan foydalanmasangiz, nima o`zgaradi?
A. Quruqlashadi, teri tortishib qoladi.
B. Yog`lashib ketadi.
V. Me`yoriy holatda bo`ladi.
G. Peshana va dahan qismi yog`lashib, yonoqlar tabiiy ko`rinishda bo`ladi.
D. Teri ta`sirchanligi ortadi.
3. Yuzingizning teri kataklari qanday tuzilgan?
A. Deyarli bilinmaydi.
B. Kattalashgan.
V. Ko`zguda yaqqol ko`zga tashlanadi, ammo pardoz qilinganida bilinmaydi.
G. Yuzning «T» qismida yaqqol ko`zga tashlanadi, yonoqlarda esa kichraygan.
D. Ba`zida bilinidi, ba`zida esa yo`q.
4. Iste`mol qilayotganlaringiz yuz terisiga ta`sir etadimi?
A. Ko`p miqdorda gazlangan ichimliklar yuzimni quruqlashtirib yuboradi.
B. Yog`li taomlardan so`ng yuzim yaltirab qolgandek bo`ladi.
V. Hech qanday ta`siri yo`q.
G. Meva va sabzavotlardan tanovul qilmasam, peshana va dahan qismida toshmalar yuzaga keladi.
D. Achchiq ta`mli eguliklardan so`ng yuzim qichishadi.
Yuz teringiz qaysi turga mansub ekanligini bilish uchun javoblarni quyidagicha belgilang.
Javoblar orasida A harfi ko`p bo`lsa, demak, yuzingiz quruq.
B javobi ko`p bo`lsa, yuzingiz yog`li.
V javobi etakchilik qilsa, normal yuz terisiga egasiz.
G javobi ustun bo`lsa, aralash turdagi yuz terisi sohibasisiz.
D javobi ko`p bo`lganida esa yuz teringiz ta`sirchan turga mansubdir.
Manba: Darakchi.uz
|