Вверх
Суббота, 23-Ноября-2024, 15:07
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 338
Статистика
Главная » 2017 » Март » 4 » Yuragimda saqlaganlarim: “Savobmi, azobmi, bu...”
Рекомендуемы
10:02
Yuragimda saqlaganlarim: “Savobmi, azobmi, bu...”

Ba`zi insonlar kimgadir yordam bermoqchi bo`lib, boshqa birovga pand berib qo`yadi-yu, keyin nadomat olovi ichida qovriladi. Qilgan ishini, oqibatini anglab etganida esa qo`lidan hech narsa kelmaydi. “Yuragimda saqlaganlarim...” sahifasiga ana shunday vaziyatga tushgan ayol qo`ng`iroq qildi. Ismini sir turishimizni so`rarkan, “Mening aytganlarimni albatta yozing”, deya qayta-qayta tayinladi...

—  Bu voqeaga juda ko`p vaqt bo`lmadi. Olti-etti oy o`tgandir oradan. Men esa mana oylar ichida yuragimni hovuchlab, pushmonlikning achchiq oshini tatib yashayapman, — deb boshladi ayol so`zlarini. — Ota-bobolarimiz bejizga “Etti o`lchab bir kes”, demagan ekan. Men qilayotgan ishimni atigi bir marta “o`lchab” ko`rdimmi? Yo`q! Hovliqib qoldim. 

Nufuzli idorada rahbar lavozimida ishlayman. Ko`pchilik hurmat qiladi, aytganlarimni so`zsiz bajarib, “ustoz, ustoz”, deb yurganlar ham yo`q emas. O`z ishimdan, obro`imdan sira havolanmaganman. Doim o`ylab ish qilardim. Meni pushaymonlik ichiga otgan, sizga so`zlab bermoqchi bo`lgan ishimni esa hamon o`zim ham tushunmayman. Nega bunday qildim? Meni nima jin urdi? 

Ehtimol, o`z o`rnidan foydalanib pora olgan, lavozimini su`iiste`mol qilgan desangiz yanglishasiz. Men undan-da, og`irroq gunoh qildim nazarimda. Lekin ungacha hammasi yaxshi edi. Elkamga hech qanaqa yuk, dilimda biror xiralik yo`q edi.

Ana shunday kunlarning birida ishxonamizga yangi ishchi keldi. Qirqlardan oshgan chiroyli ayol. O`ziga to`q, badavlat, shundanmi, gaplari ham ancha dadil. O`z mashinasida keladi, biror joyga bormoqchi bo`lsam, olib-borib kelishga shay. 

—  Menga ustozlik qiling, — degandi birinchi bor suhbatlashganimizda ham. — Shu paytgacha ja yolchitib ishlagan emasman. Bolalarim kichkina edi. Keyin ular katta bo`lyapti, yaxshi kiysin, yaxshi esin dedim. Oxiri endi mana ishlashim ham zarurligini angladim. Axir yoshimiz ham bir manzilga qarab ketyapti, nafaqa chiqish kerak, ungacha hamkasb, dugona, qadrdon orttirish kerak. To`g`ri, ko`cha-ko`yda ham dugonalarim bor. Ular o`qimagan, baribir boshqacha fikrlaydi-da. “Davlat ishida ishlayman”, desam “Shundoq ham pul topayapsiz-ku, nima qilasiz?”, deya yo`ldan qaytarmoqchi bo`lishdi. O`qiganimga yarasha, dunyoqarashi keng, bilimli odamlar davrasida bo`lay dedim. Shukrki, bu niyatim ham amalga oshyapti...

—  Mana, ishga oldik sizni, — degandim o`shanda men ham uni o`zimga yaqin olib. — Bemalol ishlayvering. Jamoamiz yaxshi. Hamma bir-birini qadrlaydi, qo`llab-quvvatlaydi.

O`sha-o`sha u bizning ishxonada. Hamkasbimiz, qadrdonimiz. Qisqa vaqt ichida u bilan opa-singildek bo`lib qoldik. Suhbat jarayonida biz uning havas qilgulik oilasi borligini, yigirmadan oshgan o`g`li, o`n sakkiz yoshli qizi borligini bildik. Eng qizig`i, yaxshi joydan qiz topsa, o`g`lini uylantirib yuborishini ham aytdi. 

—  O`zimga o`xshagan, dangalchi, jaydari kishilar bo`lsa, albatta quda bo`laman, — dedi u menga. 

Men uning bu gapini unutib ham yubordim. Aynan bu gapni eshitganimdan bir oylarcha vaqt o`tgach, qarindoshlarimizning to`yiga bordim. U erda ona tomondan qarindosh bo`lgan bir ayol bilan bir dasturxon boshida o`tirib qoldik. Ayol menga hasrat qildi:

—  Yolg`izgina qizim bor, bilasiz. Kelajagidan juda qo`rqaman. Bolalikdan tez-tez hushidan ketib qoladi. Jiddiy kasali yo`q. Qanaqadir, miyasida qon yaxshi aylanmasmish. Shunga emish... Buni mahalla-ko`y biladi. Bir-ikkita sovchi kelgandi qaytib ketdi. Qo`ni-qo`shni aytganmi...

—  Siqilmang, baxti ochiladi, hali. Nechchiga kirdi? — so`radim men.

—  Yigirmaga. Kollejni bitirdi. O`qishga o`zim qo`ymadim. Avtobusda hush-pushdan ketib qolsa... O`zi tengilar to`y bo`libdi. Ko`ryapman, ko`p xayol suradigan bo`lib qolgan. Ichida o`ylasa kerak-da!

Men o`zim tengi bu uzoqroq qarindoshimizni nima deb ovutishni ham, qanday tasalli berishni ham bilmadim. Lekin juda-juda yordam bergim keldi. Axir onaman, uning dilidan kechayotgan hislarni tushunaman. Mening jimib qolganimni ko`rib, u yana tilga kirdi:

—  Haligi... do`xtirlarning aytishicha, qizim turmushga chiqsa, xastaligi ham chekinarmish. Bu juda ko`p kuzatilgan hol emish...

—  Miyada qon yaxshi aylanmayotgan bo`lsa... Bu...

—  Do`xtirlar biladi-ku. Siz yaxshi joyda ishlaysiz. Tanishlaringiz ko`p. Birorta qiz qidirib yurganlar bo`lsa, qizimni tavsiya qiling, bilasiz, odobi, xulqi joyida. 

—  Xo`p, — dedim noiloj.

Lekin uyga kelganimda ham uning so`zlari qulog`imdan ketmadi. Chin dildan yordam bergim keldi. Qo`limdan kelsa, qizining dardiga davo topsam...

Shifokor bo`lmasam-da, qizning kasalligini davolay olmasam-da, munosib kuyov topib, baxtini ochsam bo`ladi-ku, deb o`ylab qoldim. Tag`in turmushga chiqsa, tuzalib ham ketarkan. Bir yo`la ikkita yaxshilik qilarkanman...

Miyamda tinmay shu fikr aylanadi. Ishda ham shuni o`ylay boshladim. Bir payt yonimga haligi yangi xodimam kirib keldi. Rejalarini ko`rsatgani kelgan ekan. Beparvolarcha daftarini varaqlaganimni ko`rib so`radi:

—  Tinchlikmi? Parishonsiz? Biror muammo bormi?

—  Yo`q, — dedim o`ychan.

—  Siz nimadir yashiryapsiz... — dedi u. — Ayting, qo`limdan kelsa yordam beray...

—  E-e-e, bir qarindoshimiz bilan to`yda ko`rishib qolgandim. Yaxshi oila. Bitta qizi bor. Aqlli, hushli... O`zlariga munosib kuyov chiqmayotgan ekan. Shunga siqilib, dardini aytib qolgandi. Xayolimdan ketmay qoldi.

—  Yaxshi oilami?

—  Ha. Yaxshi. Uzoqroq karindoshimiz. O`ziga to`q. O`g`illarini uylagan. Bitta tashvishi shu qizi-da!

—  Qizi nechchi yoshda?

—  Yigirmaga kirayapti, shekilli... 

—  Menga qarang, o`sha qizning surati yo`qmi, sizda? 

—  Yo`q.

—  Olib kelib bering. O`g`limga ko`rsatay. Yoki qarindoshingizga ayting, telegramdan sizga tashlab bersin rasmini. Zora, yoshlar bir-biriga yoqib to`y boshlab yuborsak...

—  Yo`g`-e... — dedim birdan xijolat bo`lib.

—  Menam qiz izlab yuribman-ku! O`zimga o`xshagan ko`ngli ochiq, dangalchi oila izlayapman. Yoshlar bir-biriga yoqsa bo`ldi-da!

Shu bilan u hol-jonimga qo`ymadi. To internet orqali qarindoshimning qizidan surat olmagunimcha tinchlik bermadi. Xullas, yoshlar uchrashishdi. Bir-biriga yoqdi. Bir oy o`tar-o`tmas to`y boshlanib ketdi. Qarindoshim ham, xodimam ham o`zida yo`q xursand. Tinmay menga minnatdorchik bildiradi. Men ham go`yo savobli ish qilgandek terimga sig`masdim. Ammo bu uzoqqa cho`zilmadi. To`ydan ikki oycha vaqt o`tib, haligi xodimam qo`ng`iroq qildi:

—  Ustoz, men biroz kech qolaman. Shifoxonada ushlanib qoldim.

—  Tinchlikmi? Sog`lig`ingiz yaxshimi? 

—  Kelinimning sal mazasi bo`lmadi, — dedi u. 

—  Tuzukmi? Shifoxonaga tushib qoldimi? — dedim yuragim orqaga tortib. O`sha onda nima qilib qo`yganimni angladim. Axir qiz xasta edi-ku!

To haligi xodimam kelgunicha yurak xovuchlab o`tirdim. Kelganida ham ko`ziga qaray olmadim. Ikki ko`zim kompyuterda til uchida savol berdim:

—  Yaxshimi, keliningiz?

—  Ha, yaxshi. Yangi kelinning dardi nima bo`lardi? Uyalib ovqat emaydi. Tortinadi. Shungami. Hushidan ketibdi. “Qoni kamaygan bo`lsa kerak”, dedi do`xtirlar. Men ichimda xursand bo`ldim, “Yaxshilikka bo`lsin”, deb. Ayrimlarda boshqorong`ilikda shunday bo`ladi-ku!

—  Voy, shunaqa ekanmi? — bir engil tortdim men.

—  O`zimcha, yaxshilikka yo`ydim-da!

Mana, olti oydan oshdiki, xodimim ora-sira kelinining hushini yo`qotganini, “Yaxshilikka bo`lishi”ni aytadi. Men esa erga kirgudek bo`laman. Og`irlashib, elkamni gunoh bosib, ezib yuborayotgandek bo`ladi. Qarindoshimizning aytishicha, xodimamning oilasi chindan yaxshi emish. Qizini o`z qizidek avaylarmish, e`zozlarmish...

— Shunday yaxshi quda topib berganingiz uchun rahmat, baraka toping, — deydi qarindoshimiz.

Bu gaplarni eshitganim sari men nadomat batqog`iga botaman. Kasalmand qizni soppa-sog` yigitga ravo ko`rib gunoh qilmadimmikan? Nima bo`lganida ham qizning xasta ekanligini aytishim zarur edi. Shuni o`ylaganim sari dunyoga sig`may ketaman. Bu gaplarni qachongacha yuragimda saqlayman, bilmayman. Maslahat bering, o`zimni bu azobdan qutqarish uchun nima qilay?

KAMINA yozib oldi


Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar | Просмотров: 1728 | Добавил: admin | Теги: savob, tasirli hikoyalar, qiziqarli voqealar, Azob, yangi hikoyalar to'plami, haqida hikoyalar, hikoyalar, maqolalar, tasirli achinarli hikoyalar | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Суббота 23-Ноября-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Март 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz