— Turmush qurganimizga 17 yil bo`ldi. Avvaliga hammasi yaxshi edi, ammo bir yillar chamasi erim bilan oramizga sovuqchilik tushgan. Urishmaymiz, janjallashmaymiz, lekin deyarli gaplashmaymiz ham. Oldin bundan siqilib yurdim, keyin erimning e`tiborini tortishga harakat qildim. Befarqligini sezsam ham sezmaslikka oldim, ishda bo`ganida chiroyli «SMS»lar jo`natdim, uyga kelganida yaxshi gapirdim — hech o`zgarish bo`lmadi.