Вверх
Пятница, 22-Ноября-2024, 05:12
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 338
Статистика
Главная » 2017 » Январь » 25 » Tortinchoqlik fazilatmi? yoki illat?
Рекомендуемы
22:08
Tortinchoqlik fazilatmi? yoki illat?

«Negadir hamma menga qaragandek tuyulaveradi. Darsga tay­yorlanib kelganman—u,hammaning oldiga chiqib gapira olmayman—da.Dugonalarim bilan uchrashishga va’dalashib qo‘yganmiz, ammo ota—onamdan ruxsat so‘rashga menda jur’at yo‘q…»

 

Bu kabi xilma-xil xayollar, odamlardan o‘zini olib qochish, biror bir xijolatli vaziyatga tushib qolganida duv qizarib ketish kabi xususiyatlarni tortinchoqlikka yo‘yamiz. Xo‘sh, tortinchoqlik o‘zi qanday xususiyat? U nima sababdan paydo bo‘ladi? Bu xususiyat inson uchun foydalimi yoki zararli?

— Avvalo, oiladagi muhit va o‘qituvchilarning noo‘rin yondashuvi sabab bola o‘z fikrini bayon etishdan qo‘rqib qolishi mumkin, — deydi Qarshi shahridagi 10-maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Ma’rifat Nazirova. — Maktab yoshidagi bolalar uchun tortinchoqlik yaxshi xususiyat emas. Chunki bu vaziyat bolaning iqtidorini bo‘g‘ib qo‘yadi. Aksariyat hollarda o‘quvchilarning tortinchoqligi oiladagi o‘zgarishlar, kuchli ruhiy kechinmalar, do‘stlari oldida kamsitilishidan kelib chiqadi. Bunday holatda o‘qituvchilar bola bilan dildan suhbatda bo‘lib, ota-onasi bilan maslahatlashgan holda, ularning ham fikrlarini olib, boladagi tortinchoqlikni bartaraf etishi kerak. Ammo o‘ta mahmadonalikni ham oqlab bo‘lmaydi. Bu odobsizlikning ilk belgisidir.

O’quvchilar orasida uchraydigan bunday xususiyatga ko‘pincha o‘qituvchilar ham sababchi bo‘lib qolishi mumkin. Har gal uy vazifasini tayyorlab kelgan bolani tinglamaslik, «Sendan ko‘ra o‘rtog‘ing yaxshiroq», qabilidagi bolaning nafsoniyatiga tegadigan gaplar, «Sen bu vazifani bajarishni uddalay olmaysan, bizni ko‘pchilikning oldida uyaltirib qo‘yishing mumkin», singari tazyiqlar boladagi jur’atni yo‘qotishi mumkin. Bunda bola o‘z-o‘zidan tortinchoq bo‘lib qolishi hech gap emas.

Oiladagi muhit va berilayotgan tarbiya bolaning dunyoqarashiga, fikrlash doirasiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ota-ona bolaga befarq bo‘lishi, uni tinglamasligi, fikrini bayon etishga yo‘l qo‘ymasligi, bolaning savoliga javob bermasligi, uning yaxshi yoki yomon holatini kuzatmasligi, yutuqlarini rag‘batlantirmasligi natijasida bola odamlardan ajralib qolishi, do‘stlaridan tortinib, o‘zi yolg‘iz yurishni odat qilishiga olib kelishi mumkin.

— Bolam o‘ta tortinchoq. Uni ko‘pincha yolg‘iz yurganini kuzataman, bayramlarda ham yodlagan she’rini aytib berishga qiynalishini ko‘rib xafa bo‘lib ketaman, deguvchi ota-onalar ham uchrab turadi, — deydi psixolog Barchinoy Jo‘raeva. — Bunday holat, avvalo, tarbiya noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganidan kelib chiqadi. Bu vaziyatda ota-ona, avvalo, bola bilan dildan suhbat qurishi kerak, sekin-sekin u nimalardan tortinayotgani va buning sababi nima ekanini bilib olishi lozim. Undan keyin bolani ko‘proq odamlar orasiga qo‘shish, she’r yoki qo‘shiqlar yod oldirib, boshqalarga ham aytib berishga undash, o‘rtoqlarini uyga taklif qilib, bolasini ular bilan fikr almashishga o‘rgatish kerak.

Bunday holatlarda ishni bolalarga baland ovozda kitob o‘qib berish, she’r yodlab berish bilan boshlash mumkin. Ko‘zguga qarab baland ovozda gapirish hayajonni yo‘qotishga yordam beradi. Boshqalardan o‘zining kuchli ekanini anglash, qilgan ishlari bilan g‘ururlanish hissini oshirish ham yaxshi samara beradi. Sababi, har bir insonning o‘ziga xos iste’dodi bor. O’sha imkoniyatni o‘zida ko‘ra olgan insongina bunday holatdan chiqib ketishi mumkin. Atrofdagi go‘zallikni boshqalar bilan so‘z orqali baham ko‘rish, yaqinlariga tez-tez yaxshi gaplar aytish bu yo‘ldagi samarali usullardan biridir. Tortinchoqlikni bartaraf etishning eng samarali usuli oldinga aniq maqsad qo‘yib, shu maqsadi tomon dadil harakat qilishdir.

Sohiba SUYuNOVA yozib oldi.

 


Категория: Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar | Просмотров: 2788 | Добавил: admin | Теги: fikr mulohaza, tortinchoqlik haqida, qiziqarli yangiliklar, illat haqida, tortidnadigan insonlar, tortinchoqlik fazilatmi yoki illat | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Пятница 22-Ноября-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Январь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz