Rossiyaning Omsk shahar jarrohlari 13 yoshli qizchaning bronxidan ikki oy davomida turgan kanselyariya tugmacha mixi (knopka)ni olishdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Qizchani ota-onasi shahar kasalxonasining yiringli jarrohlik bo`limiga ikki oydan beri yo`tali to`xtamayotganidan shikoyat qilib, olib keldi. Ular qizni dori-darmon bilan davolab bo`lmaydigan virusli infeksiya yuqtirgan, deb o`ylashdi.
Qizchaning ko`krak qafasi rentgen qilinganda, uning bronxida yot jism borligi aniqlandi. Jarrohlar tugmachali mixni nafas yo`li orqali chiqarishdi. Keyinchalik qizcha tugmachali mixni og`ziga solib o`ynayotganda tasodifan yutib yuborganligini, ammo buni ota-onasiga aytishga qo`rqqanligini ma`lum qildi.
|