Sovuq kunlarda yuzlar quruqlashadi. Bahorda esa ular, albatta, parvarish talab qiladi. Quruq va dag`allashgan yuz terisi uchun esa quyidagi oddiy, ammo juda samarili niqoblardan foydalanishni tavsiya etamiz.
Suli yormasidan
3-4 osh qoshiq suli yormasini qaynoq sutga solib, aralashtiring. Hosil bo`lgan aralashmani yuzingizga tekis qilib surting. 15-20 daqiqadan so`ng issiq suv bilan yuving.
Smetanadan
100-200 ml. yog`li smetanani yuz terisiga surting. 15-20 daqiqadan so`ng iliq suv bilan yuving.
Tvorogdan
2 osh qoshiqdan tvorog, sabzi sharbati, zaytun yog`i va sutni aralashtiring. Yuz terisiga qalin qilib surting. 10-15 daqiqadan so`ng iliq suv bilan yuving.
Asaldan
2 osh qoshiq asalga 1 osh qoshiq suli yormasi, 2 choy qoshiq sut qo`shib, yuzingizga surting. 15-20 daqiqadan so`ng iliq suvda yuving. Agar allergiyaga moyil bo`lsangiz, bu niqobdan foydalanmang.
Banandan
O`rtacha kattalikdagi bananni ezib, 1 choy qoshiqdan yuz uchun mo`ljallangan parvarishlovchi krem va zaytun yog`i, yarim choy qoshiq limon sharbati qo`shing. 15-20 daqiqaga yuzingizga surtib, issiq suv bilan yuving.
Tuxum sarig`idan
1 dona tuxum sarig`iga 1 choy qoshiq istalgan yog` (zaytun, o`simlik yog`i)dan solib, 1 choy qoshiq suv qo`shing. Yuzingizga surtib, 15-20 daqiqa qoldiring. So`ngra doka bilan artib oling-da, iliq suvda yuving.
Manba: Darakchi.uz
|