Ertaga barcha musulmon olamining orziqib kutilgan Ramazon hayiti bayrami. Hayit arafasida muqaddas bayramda erkaklarimiz uchun ba’zi tavsiyalarni eslatib o’tishni ma’qul topdik.
1) Aqli joyida, erkin, ko‘zi, oyog‘i salomat hamda shahar va qishloqlarda yashovchi barcha erkaklar Hayit namozini o‘qishlari zarur.
2) Ramazon hayiti namoziga chiqishdan oldin uyda shirinliklar iste’mol qilib chiqiladi.
3) Namozga chiqishdan oldin alohida g‘usl qilinadi va misvok bilan tishlar yuvilib xushbo’y narsalar suriladi.
4) Ramazon hayiti kuni va hayit namoziga chiroyli, yangi, yuvilgan kiyimlar kiyiladi.
5) Masjidga iloji bo’lsa yurib borish savobliroq hisoblanadi.
6) Hayit namozi o‘qilgunga qadar fitr sadaqasi beriladi.
7) Namozdan keyin uyga qaytib oila a’zolari bilan bayramona dasturxon atrofida yig’ilib birga vaqt o’tkazish yaxshi hisoblanadi.
8) Ota-onasiga, aka-uka, opa-singillari va oilasiga, farzandlariga sovg‘alar ulashiladi.
9) Betob yotgan qarindoshlarini ziyorat qilinadi.
10) Ramazon hayiti katta bayram, bunda hammani tabriklash kerak. Yo‘lda uchragan barcha insonlarga salom beriladi va Ramazon hayiti bilan tabriklanadi.
11) Hayit kunlari hafagarchilik, motam, aza ochish, yig’i-sig’i qilinmaydi. Sababi hayitda bayramona kayfiyat bo’lishi lozim.
12) Odatga ko’ra kattalar kichiklarga hayitlik beradi.
13) Oradan ko‘ngilxiralik o‘tgan barcha insonlar bilan yarashiladi.
14) Hayit namozidan keyin bozorga tushib, katta bozorlik qilinadi.
15) Hayit kuni ko’p ibodat qilib duolar qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Fursatdan foydalanib, erkak.uz jamoasi nomidan kirib kelayotgan Ramazon hayiti bayrami bilan barcha o’quvchilarimizni tabriklaymiz!
Manba: Erkak.uz
|