Bir necha kilogrammdan xalos bo`lish, organizmni tozalash va qushday engillikni his qilmoqchi bo`lsangiz, oshqozonga orom beruvchi quyidagi 5 usuldan birini tanlab, albatta, bajarib ko`ring.
Yodda tuting: bunday kunlar bir oyda 2 martadan ko`p bo`lmasligi kerak.
1. Olmali kun
Kunlik taomnoma 1,5 kg olmani paqqos tushirishdan iborat. Diqqat qiling, olma salgina nordonroq bo`lishi kerak. Chunki shirin olamadagi fruktoza moddasi yog`ga aylanadi-da. 2 litr suv ichish ham esingizdan chiqmasin. Bu parhez oshqozon uchun juda foydali. Organizm tiqinlardan tozalanib, o`rni temir bilan to`ladi va A, B1, B2, B6 va S vitaminlar bilan boyitiladi.
2. Tvorogli kun
Ozish uchun jismoniy mashqlar tugagandan so`ng aynan tvorogli parhez organizmga to`g`ri keladi. Bir kunda 600 gramm yog`siz tvorogni reza mevalar bilan eng, boshqa hech narsa emang. Va albatta, har doimgidek 2 litrdan kam suyuqlik ichmang.
3. Qatiqli kun
Ovqat-hazm qilish bilan bog`liq kasalliklar aynan qatiqli parhez bilan tuzaladi. Bir kunda 1,2–2 litr kefir iching. Galma-galdan avval yog`li, so`ng yog`siz qatiq ichish ayni muddao. Giyohli choy, na`matak damlamalari, gazsiz madanli suvlar ham ichishingiz mumkin.
4. Grechixali kun
Grechixa sekin ta`sir qiluvchi uglevod bo`lib, bellarimizga yig`ilib qolishga hech shoshilmaydi. Grechixali parhez kuni bir piyola grechixani har 2-3 soatda dimlab eng. Tuzsiz, shakarsiz va yog`siz, albatta.
Ogohlantirish: gastrit bilan og`rigan bemorlarga va hayz kunlarida bunday parhezlar qat`iyan man etiladi.
Manba: Darakchi.uz
|