O‘ta muloyim va og‘izda erib ketuvchan xamir hamda biroz nordon ta’mli sersuv olma uyg‘unligi — ushbu pirogning o‘ziga xos jihatlaridan biri xolos. Eng asosiysi, pishiriq noodatiy shakl — spiralsimon ko‘rinishga ega. Bundan tashqari, xamir ichiga o‘zingiz istagan qiymadan solishingiz mumkin.
Zarur masalliqlar:
xamiriga:
- 300 g un
- 2 choy qoshiq razrixlitel
- 1 choy qoshiq tuz
- 150 g tvorog
- 100 ml kungaboqar yog‘i
- 100 ml sut
- 1 ta tuxum
qiymasiga:
- 3 ta olma
- 0,5 stakan shakar
Tayyorlanishi:
Tvorog va sutni yaxshilab aralashtirib, silliq massa hosil qilamiz.
So‘ng ustiga kungaboqar yog‘idan solib, yana aralashtiramiz.
Aralashmaga un, razrixlitel va tuzni qo‘shamiz.
Elastik xamir qoramiz. Uni plyonkaga o‘rab, sovitgichga qo‘yamiz.
Endi pirog qiymasini tayyorlab olamiz. Buning uchun olmani archib, mayda to‘g‘raymiz va bir chetga olib qo‘yamiz.
Xamirni sovitgichdan chiqarib, un sepilgan yuzada 4—5 mm qalinlikda yoyib, taxminan 6 sm kenglikda tasmalar kesamiz.
Tasmalarga olma bo‘laklarini qo‘yib chiqamiz. Ustidan shakar sepib chiqamiz.
Xamir tasmalarining yonlarini biriktirib, ustini yopib chiqamiz.
Olmali xamirlarni pergament qog‘ozi to‘shalgan listga spiral shaklida o‘rab joylashtiramiz. Bunda xamirning ulangan qismi ichkari tomonda qolishi lozim. Bundan tashqari, oraliqda biroz bo‘sh joy qoldirish zarur, chunki pishish jarayonida xamir kattalashadi.
Pirogning ustiga tuxum surib, 180 darajagacha qizdirilgan duxovkada taxminan 25 daqiqa davomida pishiramiz.
O‘rama pirogimiz tayyor. Yoqimli ishtaha!
Manba: Ayol.uz
|