Kerakli masalliqlar:
1. Mol go‘shti – 500 gr.
2. Tuxum – 5 dona.
3. Bodring – 4 dona.
4. Kartoshka – 5 dona.
5. Qatiq – 1 litr.
6. Ko‘katlar (ko‘k piyoz va kashnich) – 1 bog‘dan.
Tayyorlanishi:
Go‘sht sho‘r suvda 1 soat davomida (go‘sht pishgunicha) qaynatiladi. So‘ng sho‘rvasi sovutishga olib qo‘yilib, go‘sht va bodring somoncha to‘g‘raladi. Kartoshka va tuxum qirg‘ichning yirik tishidan o‘tkaziladi. Ko‘katlar to‘g‘ralib, go‘sht qaynagan suvga hamma masalliqlar solinadi. Qatiqni ham atalab, solinadi. Tuzi yana bir bor rostlanib, muzlatkichga 1 soatga qo‘yiladi.
Bu taom yozning issiq kunlarida oftob taftini oladi.
Taom masalliqlarini kubik holida ham to‘g‘rash mumkin. Bu sizning hohishingizga qarab.
Yoqimli ishtaha!
Manba: Ayol.uz
|