Ertalabki tig‘iz paytda nonushta uchun nima tayyorlash haqida o‘ylashga ham vaqtni qizg‘anadi kishi. Bunday paytlarda vaqtdan yutish uchun oldindan bir haftalik taomnoma tayyorlab qo‘yishni tavsiya etamiz. Ushbu taomnomaga kekschalarni albatta kiriting, zero unga sarflanadigan masalliqlar juda oddiy, uni tayyorlash uchun esa juda qisqa vaqt talab etiladi.
Zarur masalliqlar:
- 1 piyola sut
- 1 piyola kungaboqar yog‘i
- 1 piyola shakar
- 2 ta tuxum
- 1—1,5 piyola un
- 2 choy qoshiq razrixlitel
- 1 paket vanilin
Tayyorlanishi:
1 piyola shakar va 2 ta tuxumni mikser yordamida yoki qo‘lda ko‘pirtiramiz.
Ustiga 1 piyoladan sut va kungaboqar yog‘ini solib, yana aralashtiramiz.
Aralashmaga un, razrixlitel va vanilinni qo‘shib, suyuq xamir qoramiz.
Tayyor xamirni formachalarga solib, taxminan 180 darajagacha qizdirilgan duxovkada 15—20 daqiqa davomida pishiramiz.
Pishirish davomida kekschalarning usti qizargach, duxovkaning pastki qavatiga olamiz.
Nonushta uchun kekschalar tayyor. Yoqimli ishtaha!
Manba: Ayol.uz
|