Вверх
Пятница, 22-Ноября-2024, 03:12
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 338
Статистика
Главная » 2017 » Март » 15 » Makaron uchun 8 xil qayla (Rasmlari bilan)
Рекомендуемы
08:11
Makaron uchun 8 xil qayla (Rasmlari bilan)

Makaron ko‘plab oilalarning asosiy masalliqlaridan biri. Ammo hamma ham uni sevib iste’mol qilavermaydi. Ehtimol bunga uni tayyorlash va taqdim etishda hamma pazandalar ham xilma-xillikka e’tibor qaratavermasligi sababdir. Ko‘pchilik xonadonlarda makaron qovuriladi yoki undan oddiygina sho‘rva tayyorlanadi. Biz taklif etayotgan qaylalar esa makaronning xushta’mligi, o‘ziga xosligi va hammabopligini ta’minlab, ko‘pchilikka manzur kelsa kerak.

Pomidor va qaymoqli qayla

Masalliqlar:

– bir nechta sarimsoq piyozi;

– ikkita bosh piyoz;

– bir stakan yog‘li qaymoq yoki smetana;

– yarim kg pomidor;

– rayxon;

– zaytun yog‘i;

– bir qoshiq saryog‘;

– tuz;

– qalampir;

– bir oz quritilgan limono‘t;

– bir qoshiq shakar.

Tayyorlanishi:

Sarimsoq bo‘lakchalarini to‘g‘rang, uni zaytun yog‘ida qovuring. Sarimsoq oltinrang bo‘lganida yog‘dan oling va o‘rniga to‘g‘ralgan piyozni soling. Piyozni tayyor bo‘lguniga qadar qovurib, so‘ngra po‘sti archilib, to‘g‘ralgan pomidor, tuz, qalampir, rayxon (mayda to‘g‘ralgan yoki quritilgan), bir qoshiq saryog‘ qo‘shing. Suyuqlikning katta qismi bug‘langanidan so‘ng unga qaymoq yoki smetanani qo‘shing va qaynagunga qadar olovda tutib, so‘ngra limono‘tni soling. Tayyor mahsulotni makaronga aralashtirib yoki uning ustiga quyib iste’mol qilishingiz mumkin.

  1. Makaron uchun sabzavotli qayla

Masalliqlar:

– 400 g pomidor;

– tomat pastasi;

– ikkita bosh piyoz;

– chuchuk bulg‘or garmdorisi;

– kabachki;

– selьderey;

– oshqovoq;

– lavr yaprog‘i;

– xushbo‘y va maydalangan qalampir;

– rayxon;

– rozmarin;

– toshcho‘p (timьyan);

– sarimsoq piyoz;

– zaytun yog‘i;

– suv.

Tayyorlanishi:

Barcha sabzavotlarni bir xil kattalikda kubik shaklida to‘g‘rang. Chuqur tovaga yog‘ solib, qizdiring. So‘ngra sabzavotlarni solib, yaxshilab aralashtiring. Past olovda qopqog‘ini yopiq holda qoldirib pishiring. Barcha sabzavotlar yumshoq bo‘lganidan keyin unga tomat pastasi, ziravorlar, tuz, qalampir, sarimsoq piyozni soling. Qaylani pishirish vaqti taxminan 40 daqiqani tashkil etadi.

3.Makaron uchun pishloqli qayla

Masalliqlar:

– ikki osh qoshiq un, bir stakan sut;

– 50 g saryog‘;

– o‘simlik yog‘i;

– tuz;

– qalampir;

– 200 g qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq;

– zira;

– rayxon.

Tayyorlanishi:

O‘simlik yog‘i qizdiriladi, unga un qo‘shilib, oltin rangiga kirguniga qadar qovuriladi. So‘ngra stakandagi sut sekin-astalik bilan quyilib, aralashtirib turiladi. Qaynaganidan keyin qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq qo‘shilib, aralashtiriladi. Ziravorlar va yumshoq saryog‘ (u avvalroq muzlatkichdan olib qo‘yilishi kerak) ham qo‘shilib, aralashtiriladi. Qaynoq holatda makaronga aralashtiriladi yoki uning ustidan quyiladi. Yoqimli ishtaha!

  1. Tovuqli qayla

Masalliqlar:

– bitta tovuqning to‘sh go‘shti (suyaklarsiz);

– piyoz;

– sarimsoq piyoz;

– un;

– qaymoq yoki smetana (bir stakan);

– suv;

– rayxon.

Tayyorlanishi:

Yog‘i qizdirilgan tovacha (skovorodka)ga to‘g‘ralgan tovuq go‘shtini solib, oltin rangiga kirguniga qadar qovuring. So‘ngra to‘g‘ralgan piyoz solib aralashtiring. Piyoz ham oltin rangiga kirganidan so‘ng ikki qoshiq un qo‘shib karamelь rangiga kirgunicha qovuring. Shundan keyin ozgina suv solib aralashtiring. Qopqoqni yopib, past olovda 15 daqiqa qo‘ying. Go‘sht deyarli tayyor bo‘lganidan keyin ustiga smetana (yoki qaymoq) quyib, ezilgan sarimsoq, rayxon, tuz va qalampir solib, besh daqiqa dimlang va olovdan oling.

  1. Tovuq va pishloqli qayla

Masalliqlar:

– tovuqning lahm go‘shti;

– ikki bosh piyoz;

– 300 g shampinьon;

– smetana;

– tuz;

– qalampir;

– ko‘katlar;

– ikki osh qoshiq saryog‘;

– o‘simlik yog‘i.

Tayyorlanishi:

Uncha katta bo‘lmagan bo‘laklarga bo‘lingan tovuq go‘shtini o‘simlik yog‘ida qovurib, bir oz tuzlang. Tovuq go‘shti oltin rangiga kirganida to‘g‘ralgan piyozni qo‘shib yana o‘n daqiqacha qovuring. So‘ngra to‘g‘ralgan qo‘ziqorinni solib, qalampirlang. Saryog‘ni qo‘shib, olovni pasaytiring. Besh daqiqadan keyin smetanani solib, tuzini me’yoriga keltiring, ko‘kat qo‘shing.

  1. Pomidorli tovuqdan makaron uchun qayla

Masalliqlar:

– tovuq lahm go‘shti, 300 gramm;

– o‘rtacha kattalikdagi ikki bosh piyoz;

– yarim kilogramm pomidor;

– tuz;

– qalampir;

– rayxon;

– rozmarin;

– tog‘ rayxon;

– shakar;

– sarimsoq piyoz;

– o‘simlik yog‘i.

Tayyorlanishi:

Chuqur tovada mayda to‘g‘ralgan tovuq go‘shtini qizil oltin rangiga kirgunicha qovuring. So‘ngra to‘g‘ralgan piyoz solib aralashtiring va dimlab qo‘ying. Pomidorni qaynagan suvga bir solib olib, po‘stini arching va mayda to‘g‘rab, tovuq va piyozga aralashtiring. Bir oz suv solib, tuzlang. Qalampir, bir yoki yarim qoshiq shakar, quruq yoki yangi ziravorlardan qo‘shib, qopqoqni yoping va pishguniga qadar dimlang. Eng oxirida mayda to‘g‘ralgan yoki qirg‘ichdan chiqarilgan sarimsoqni (ikki-uch boshchasini) solib, olovdan oling va o‘n daqiqa tindirib qo‘ying.

  1. Ismaloqli qayla

Masalliqlar:

– barra ismaloq (500 g)

– o‘simlik yog‘i (zaytun yog‘i tavsiya qilinadi);

– rayxon;

– tuz;

– qaymoq (yoki smetana);

– 50 g saryog‘.

Tayyorlanishi:

Tovaga mayda to‘g‘ralgan ismaloqni joylashtirib, qopqoqni yoping va bir oz dimlab qo‘ying. So‘ngra ozgina tuz solib, qaymoq yoki yog‘siz smetana (bir stakan), bir qoshiq saryog‘, quruq yoki barra rayxonni qo‘shing.

Yengil va foydali qayla 10 daqiqada tayyor bo‘ladi. Makaron bilan xushta’m iste’mol qilinadi.

  1. 8. Mol go‘shtidan qayla

Masalliqlar:

– 300-400 gramm mol go‘shti;

– ikki-uch bosh piyoz;

– ikki-uchta sabzi;

– un;

– go‘sht sho‘rvasi yoki suv;

– bir qoshiq qaymoq;

– tuz;

– qalampir;

– sarimsoq piyoz;

– ko‘katlar.

Tayyorlanishi:

Mol go‘shti somoncha qilib to‘g‘ralib, o‘simlik yog‘ida jigarrang po‘stloq hosil bo‘lgunicha qovuriladi. Shundan so‘ng sho‘rva yoki suv quyilib, to‘g‘ralgan piyoz va sabzi solib, past olovda go‘sht pishguniga qadar pishiriladi.

Parallel ravishda boshqa tovada ikki qoshiq un jigarrang tusga kirgunicha qovurilib, so‘ngra unga bir oz suv qo‘shiladi va aralashtiriladi. Bir oz saryog‘ solinib, tuz va qalampir sepiladi. Yakunda go‘shtli tovaga solinadi. Taom tayyor.


Manba: Ayol.uz

Категория: Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish | Просмотров: 2797 | Добавил: admin | Теги: makaron uchun qayla qilish, qayla pishirish, pazandalik, mazali ovqatlar, ovqat qilishni o'rganish, lag'monlar uchun qaylalar, shirin qaylalar | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Пятница 22-Ноября-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Март 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz