Mamlakatimizda yashovchilarning ko‘pchiligi banan, ananas, kokos, kivi, avokado, mango kabi mevalarni juda yaxshi biladi. Lekin olis mamlakatlardan eksport qilinmaydigan ba’zi bir boshqa mevalarni hamma ham bilmasligi mumkin. Sizning e’tiboringizga tabiatda uchraydigan ba’zi eng g‘aroyib va o‘zgacha meva, sabzavotlarni havola qilamiz.
Taqiqlangan guruch
Xitoyda paydo bo‘lgan bu guruch qora guruch turlaridan biridir. Pishirish paytida u to‘q binafsharang tusga kiradi va mazasi yong‘oqnikini eslatadi.
Tarvuz rediska
Bu ancha yirik bo‘lgan ildizmevali o‘simlik karamlar oilasiga kiradi va biroz achchiq ta’mga ega. Tarvuz rediska nimasi bilandir mitti tarvuzchalarni eslatadi.
Vi-bi mayda oshqovog‘i
Bu mayda oshqovoqlar asli Amerikada paydo bo‘lgan. Bu sabzavotlar shunchalik kichkinaki, hatto kaftingizga ham bemalol sig‘adi. Ular bir kishilik yegulik uchun juda mos keladi.
Shirin shokoladli qalampir
Bu qalampir biz ko‘rib o‘rgangan boshqa turlaridan farq qiladi, uning dastlabki yashil rangi pishgandan keyin jigarrang tusga aylanadi. Ularning ta’mi juda shirin bo‘lib, salatlarga ajoyib qo‘shimcha sifatida foydalanish mumkin.
Manba: Ayol.uz
|