1. Do‘lma uchun karam harid qilganingiz ma’qulroq. Karamning kichikroq va yumshoqrog‘ini tanlang.
2. 10 daqiqa qaynagandan so‘ng, o‘rta olovda qaynayotgan karamni ehtiyotkorlik bilan bitta-bittadan karam bargini ajratib likopchaga olavering. Agar u yumshamagan bo‘lsa yana suvda biroz tursin, ammo pishib ketmasin.
3. Yana bitta sir: karam bargi yumshoq bo‘lishi uchun uni harid qilgandan so‘ng xaltaga solib, muzlatgichning muzxonasiga qo‘ying. Do‘lma tayyorlashdan oldin uni xona haroratida eritganingizda barglari yumshab ketadi.
4. Karamni pishirishdan avval qiymasini tayyorlab qo‘ysangiz, tuz va ziravorlar singib, qiymangiz shira tortadi. Do‘lma qiymasiga go‘sht, guruch, ko‘katlar, sarimsoq piyoz, piyozlarni mayda qilib to‘g‘rab soling. Shunda taomingiz juda xushbo‘y bo‘lib pishadi.
5. Do‘lmani to‘g‘ri o‘rash uchun avval karam bargining ichki qismini o‘girib oling, qattiq joyi bo‘lsa, olib tashlang. O‘rtacha karam bargidan 2 ta yoki 3 ta do‘lma tugsa bo‘ladi. Qiymani bargning bir chetiga solib, avval uning chetlarini yopib o‘rang. Agar ochilib ketishidan qo‘rqayotgan bo‘lsangiz toza ip bilan mahkamlab qo‘ying, yoki tish kovlagichdan foydalaning.
6. Do‘lmalarni oldindan tayyorlab olingan qaylada 40 daqiqa davomida pishirib oling. Taom yanada mazali va xushta’m bo‘lishi uchun qaylaga bir ikki qoshiq smetana va dafna bargidan solib yuboring. Shu qoidalarga rioya qilsangiz, do‘lmalaringiz ham shirador, ham ochilib ketmaydigan bo‘ladi.
Manba: Ayol.uz
|