Buyuk Britaniyaning Oksford shahrida yashovchi, farzand ko`rish imkoni bo`lmagan er-xotin o`yinchoq chaqaloqni farzandlikka oldi, deb xabar berdi“Lenta.ru” nashri.
Jeyn Berri (Jane Berry) 22 yoshdaligida unga vrachlar farzand ko`rolmasligini ma`lum qildi. U hozir 39 yoshda, osteoporoz kasalligidan aziyat chekadi. Jeyn turmush o`rtog`i 51 yoshli Piter Marfli (Peter Marflee) bilan uchta o`yinchoq chaqaloq sotib olib, ularga Emi, Eshli va Xloya deb ism qo`ydi. Er-xotin o`yinchoq “farzandlari” bilan birga sayohatga, sayrga chiqishadi, ularni xuddi tirik bola kabi ovqatlantirishadi. Ular avtomobillarining orqa o`rindig`iga o`yinchoq “bolalar” uchun maxsus o`rindiqlar o`rnatishdi.
“Bizning o`yinchoq chaqaloqlarni farzandlikka olganimiz aksariyat odamlarning ensasini qotiradi va bizni jinni deb o`ylab, haqoratomuz xabarlar qoldirishadi”, dedi Berri .
Manba: Darakchi.uz
|