Ishtahangiz ochilib, vitaminga to`yinasiz!
Zarur masalliqlar: 200 ml. smetana, 1 bog`dan ismaloq, rediska va ko`kpiyoz, 3 dona tuxum, 3 ta bodring, salat bargi, shivit, tuz, murch.
Tayyorlanishi: 1. Ko`kpiyoz va shivitni maydalab to`g`rang. Ismaloqni yuvib, maydalangan ko`katlar bilan aralashtiring.
2. Bodring va rediskani yarim oy shaklida to`g`rang.
3. Piyozni avval halqa shaklida to`g`rab, so`ng to`rtga bo`ling.
4. Smetanaga tuz va murch qo`shing.
5. Barcha masalliqlarni aralashtirib, smetana qo`shing. Qaynatilgan tuxumni ham yarim oy shaklida to`g`rab, salat bilan birga dasturxonga torting.
10 daqiqa
2 kishilik
Manba: Darakchi.uz
|