Ko‘pchiligimiz uy tozalashni zerikarli va ko‘p vaqt oladigan mashg‘ulot deb hisoblaymiz. Biroq ba’zi usullar borki, ular ushbu jarayonni ancha yengillashtiradi. Uy tozalashda asqotadigan bunday usullarning bir nechtasini quyida o‘qishingiz mumkin.
|
Yigit kishiga qirq emas, yetmish hunar ham oz aslida. Ayniqsa, dunyodagi kasb-hunarlar soni 30 mingdan oshgan bugungi kunda yetmish xil yumushni bajara olish dengizdan tomchidek bir gap. Keling, bu gal ana shunday kasblardan biri bo‘lmish bo‘yoqchilik sir-asrorlaridan bir shingilini o‘rgansak.
|
Oshxonada albatta, onalarimizga teng keladigani yo‘q. Mazasi bir umrga tatiydigan taomlar tayyorlash va oshxonani saranjom-sarishta saqlashni ularga chiqarishgan. Biroq onalarimiz ham bilmasligi mumkin bo‘lgan oshxona bilan bog‘liq ba’zi sirlar borki, ulardan sizlarni quyida voqif etamiz.
|
Ko‘pchilik erkaklar salomatligi bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lsa ham shifokor ko‘rigidan o‘tishni o‘ziga odat qilmagan. Biroq hech qanday shikoyat bo‘lmasa ham shifokor ko‘rigidan o‘tish lozim. Zero kasallikni davolagandan ko‘ra uning oldini olish ham oson, ham ancha arzon. Shuning uchun ham quyida erkaklar uchun eng zarur bo‘lgan yetti turdagi tibbiy ko‘rik haqida qisqacha ma’lumot berishni joiz deb topdik. Demak ular:
|
Ertalabki odatlaringiz butun kun bo‘yi kayfiyatingiz qanday bo‘lishini belgilaydi. Shuningdek, ular ko‘rinishingiz va salomatligingiz yaxshi bo‘lishiga ham yordam beradi.
|
Noutbuk sotib olishda undagi qaysi «ehtiyot qismlar»ga e’tibor berish kerak, degan savol har bir noutbuk sotib oluvchilarni qiynasa kerak. Chunki hozirgi kunda yuzlab, minglab noutbuklarning turlari mavjud, shuningdek, o‘nlab brend ostidagi noutbuklar bozorni egallashga ulgurgan. Birinchi mezon sifatida narxiga qaralsada, baribir ko‘pchilik noutbuk ehtiyot qismlarining sifati va imkoniyatini inobatga olishadi. Quyida sizga noutbukning ehtiyot qismlari haqida qisqacha ma’lumot tayyorladik.
|
Brauni pishirig‘i nomi inglizcha brown — jigarrang so‘zidan olingan bo‘lib, shunday rangdagi shokoladli pirojniyga nisbatan qo‘llaniladi. Ushbu taom Amerika oshxonasiga xosdir. Retseptdan kelib chiqib, brauni tort, keks yoki pechenye ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Bugun uni keks ko‘rinishida pishirib ko‘ramiz.
|
|