Ko‘pchilik erkaklar salomatligi bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lsa ham shifokor ko‘rigidan o‘tishni o‘ziga odat qilmagan. Biroq hech qanday shikoyat bo‘lmasa ham shifokor ko‘rigidan o‘tish lozim. Zero kasallikni davolagandan ko‘ra uning oldini olish ham oson, ham ancha arzon. Shuning uchun ham quyida erkaklar uchun eng zarur bo‘lgan yetti turdagi tibbiy ko‘rik haqida qisqacha ma’lumot berishni joiz deb topdik. Demak ular:
Diabet
Agarda siz sog‘lom turmush tarzi qoidalariga qat’iy rioya etsangiz, tana vazni va kasalliklarning rivojlanishiga qulay muhit yaratuvchi boshqa omillar (masalan, xolesterin miqdorining me’yoridan baland bo‘lishi yoki qon bosimining baland bo‘lishi) mavjud bo‘lmasa, diabet bo‘yicha chuqur tekshiruvlardan o‘tishga mutlaqo hojat qolmaydi. Ammo 45 yoshdan oshgan aksariyat erkaklar bunday deya olmaydi. Shu davrdan qondagi glyukoza va A1C miqdorini o‘lchatib borish tavsiya etiladi. A1C-test uchun qorin to‘q bo‘lishi talab etilsa, glyukoza meyorini aniqlashdan avval suvdan boshqa hech narsa iste’mol chilmaslik so‘raladi.
Jinsiy a’zolar infeksiyalari
Uzoq muddat davomida bir sherik bilan jinsiy aloqa qilgan taqdiringizda ham, mazkur ko‘rikdan o‘tish foydadan holi bo‘lmaydi. Chunki ayrim infeksiyalar yillar o‘tib ham yuzaga chiqishi mumkin.
Tana vazni indeksi
Mazkur ko‘rsatkichni aniqlash uchun shifokor huzuriga borish shart emas. Organizmdagi yog‘lar miqdorini aniqlash uchun bo‘yingiz va vazningiz o‘rtasidagi farqni ajrata olsangiz bas. 18.5dan 24.9 intervalgacha bo‘lgan ko‘rsatkich normal holat hisoblanadi.
Xolesterin
Amerika kardiologlar assosiatsiyasi erkaklarga 20 yoshdan keyin har 4-6 yilda qon tarkibidagi xolesterin miqdorini o‘lchab borishni tavsiya qiladi. Shaxsiy shifokor sizda diabet, chekish yoki yuqori arterial bosim mavjud bo‘lgan holda yanada qisqaroq muddatdan ushbu tekshiruvdan o‘tishni tavsiya qilishi mumkin.
Xolesterin miqdori qon tahlili asosida aniqlanib, tekshiruvdan avval 9-12 soat hech narsa yemaslik talab etilishi mumkin.
Arterial qon bosimi
Xolesterinda bo‘lgani kabi arterial qon bosimi ham hech qanday alomatlarsiz kechishi mumkin. Biroq bugun uni aniqlash oson, og‘riqsiz va juda arzon kechadi.
Prostata tahlili
Avvallari prostata bezi bilan bog‘liq muammolar 50 yoshdan keyin sekin-asta chiqib kelaverardi. Bugun esa bunday muammolar yosh tanlagani yo‘q. Atrof-muhitning ifloslanishi, zararli odatlar, turmush tarzining keskin o‘zgarib ketgani, avtomobil, kompyuter kabi zamonaviy omillar prostata bezi saratonining “yoshi”ni ancha kichraytirib yubordi. Shu bois ham o‘z vaqtida urolog ko‘rigidan o‘tib, prostata bezi holatini tekshirib turish lozim.
Manba: Erkak.uz
|