Oshxonada albatta, onalarimizga teng keladigani yo‘q. Mazasi bir umrga tatiydigan taomlar tayyorlash va oshxonani saranjom-sarishta saqlashni ularga chiqarishgan. Biroq onalarimiz ham bilmasligi mumkin bo‘lgan oshxona bilan bog‘liq ba’zi sirlar borki, ulardan sizlarni quyida voqif etamiz.
Tuxum uzoq saqlanishi uchun sovitgichga solishdan oldin unga o‘simlik yog‘i suring.
Kesilgan tort qotib qolmasligi uchun uning kesilgan qismiga non bo‘laklarini gugurt cho‘pi yoki tish tozalagich yordamida mahkamlab qo‘ying.
Bir necha tomchi limon suvi zarur bo‘lib qolsa, bus-butun limonni kesishga shoshilmang. Uni tish tozalagich bilan teshib, sal siqsangiz, shu zahotiyoq limon sharbati tomchilay boshlaydi. So‘ng teshikchani skotch bilan yopib, limonni sovitgichga qaytarib qo‘ysangiz bo‘ladi.
Piyoz va sarimsoq piyozni saqlash uchun eng yaxshi joy — teshik-teshikli qog‘oz xalta. Bunday idishda ular ikki oygacha yaxshi saqlanadi.
Kartoshka nish otib ketmasin, desangiz uni olma bilan saqlang. Olmadagi etilen nishlar paydo bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatadi.
Mango, kivi va avokadoni stakan yordamida tozalash qulay bo‘ladi.
Banan shodasining birlashgan qismini skotch bilan o‘rab qo‘ysangiz, u uzoq vaqt buzilmay saqlanadi.
Sarg‘ayib qolgan ko‘katlarni tashlab yuborishga shoshilmang. Ularni to‘g‘rab, sovitgichning muz idishiga solib chiqing, ustidan olivka yog‘idan quying. Uni muzxonada saqlab, zarur vaqtda salat, sous va sho‘rvalar uchun ishlatishingiz mumkin.
Sotib olgan bananingiz hali xomroq bo‘lsa, uni duxovkada “pishirishingiz” mumkin. Buning uchun ularni listga qo‘yib, qizdirilgan duxovkada 1—2 daqiqa ushlang.
Kanselyariya mixchasi qaynatilgan tuxumni archishni ancha osonlashtirishi mumkin. Buning uchun tuxumni qaynatishdan oldin, po‘stlog‘ini mixcha bilan kichik qilib teshib qo‘ying.
Manba: Ayol.uz
|