Uzumning madaniy turi 7-8 ming yil avval paydo bo‘lib, hozirgi kunda uning 5 mingdan ortiq turi mavjud. Uzumning dorivorlik xususiyati ham ancha qadimdan ma’lum. Sharq tabobatida dorivor sifatida uzumdan pishgan va xom holida foydalanganlar. Shuningdek, uzum sharbati, sirkasi, bargi poyasidan ham unumli foydalanishgan.