QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
5 avgustda sizga shoshma-shosharlik jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Ayniqsa, buyumlar xarid qilayotganda, faqat ro‘zg‘or uchun kerakli narsalarnigina tanlang. Bugun tabiat qo‘ynida yolg‘iz dam olish, yolg‘iz qolib xayolot dengizida suzish va yoga bilan shug‘ullanish omadli kechadi. Muhabbatda esa Ollohdan sabr-matonat so‘rang. Sog‘lig‘ingizni asrang, ko‘cha taomlarini iste’mol qilmang.