Arti homiladorlik haqidagi hujjatlarni Yashni stoliga qo'yib qo'yadi. Yash vannadan chiqib stol yoniga borayotganda telefoni jiringlaydi. Keyin Vithi kelib ularni chaqiradi. Yash va Artiga tumorlarni berib ularni oyisi yuborganini aytadi.
Artiga tumorni bilagiga bog'lab qo'yadi.
- Bu tumorni tezroq farzandli bo'lishingiz uchun va uni balo qazodan asrash uchun doim taqib yuringlar. - deydi.
Yash tumorni qaytib beradi:
- Arti bilan oramizda er-hotin munosabatlari yo'q. Bo'lmaydi ham! Shuning uchun bizdan hech narsa kutmang! Arti siz ham tumorni qaytaring! - deydi.
Arti: - Qanday qaytaraman. Tangrini o'zi farzandimni asrashiga ishora berayotgan bo'lsa - deydi.
Yash xonasiga qaytib, stol yoniga borayotganda Arti yo'tala boshlaydi. Yash ortiga qaytib, Artidan nima bo'layotganini so'raydi. Telefon jiringlaydi. Yash stol yoniga ketayotganda Arti:
- Hujjatlaringizni javonga qo'ydim. - deydi.
So'ng o'zi qo'ygan hujjatlarni olib qo'yadi. Pari hizmatkorlar kirlarini yuvmaganiga baqira boshlaydi.
Vithi: - Hizmatkorlar yo'q! Biz Arti bilan kirlarimizni qo'lda yuvdik. Sen ham o'zing yuv. deydi.
Pari Vithiga baqirgancha chiqib ketadi. Yash va Arti yana vannada qamalib qoladi. Arti o'zini Yashdan olib qochib:
- Kelinoyi, eshikni oching! - deb baqiradi.
Yash Artining qo'lidagi tumorni ko'rib qoladi.
Yash: - Hali ham yechmadingizmi? Nega bunday qilyapsiz? Menga qarang! - deydi.
Arti: - Sizga qarasam ko'zlarimda sizga keraksiz muhabbatni ko'rasiz. Shunga qaray olmayman. - deydi.
Vithi kelib eshikni ochadi:
- Yur! Oyim bilan vebkamerada gaplashamiz. - deydi.
Gaytri dugonasi bilan o'tiradi.
Gaytri: - Men jo'natgan tumorni oldingmi? - deydi.
Arti tumorni ko'rsatadi.
Gaytri: - Ertaga ibodat marosimi. Onalar bolalari uchun ibodat qilib ro'za tutadi. Yangi turmush qurganlar ham tezroq ona bo'lish uchun ro'za tutadi. Pariga ham ayting - deydi.
Gaytrini dugonasi: - Faqat homilador ayolga suv ichishga ruhsat berilgan. Gaytri aytishni unutdi. Homilador ayol o'sha kuni eri bilan birga bolaga ism tanlashlari kerak. - deydi.
Vithi: - Yo'q. Oyim buni aytishni unutmadi. Shunchaki oilamizda homilador ayol bo'lmaganiga aytmadilar. - deydi.
Gaytrini dugonasi: - Meni aldamanglar! Arti homilador-ku. Menda ichki sezgi kuchli. Hechqachon yanglishmaganman. Sen homiladorsan. To'g'rimi Arti? - deydi...
DAVOMI BOR...
|