QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun siz faqat aqliy mehnat bilan shug‘ullanishingiz kerak. Jismoniy mehnat sizga faqat ziyon yetkazadi. Oila a’zolaringiz bilan munosabatlaringiz juda yaxshi saqlanadi. Demak, ular bilan birga sayohatga otlansangiz ham bo‘laveradi. Kechqurunga borib organizmingiz kuchli charchoqni his eta boshlashi mumkin. Shuning uchun asosiy e’tiborni dam olishga qarating. Shaxsiy avtomobilingiz bo‘lsa, kun davomida juda ehtiyot bo‘ling. Kechqurun uxlashga yotishdan oldin sut mahsulotlari bilan cheklaning.