Qiz bola palaxmon toshi degan gap bejiz aytilmagan. Kelin bo`lib ota uyini tark etayotgan qizni «borgan joyingda toshdek qotgin», deb ham duo qilishadi momolarimiz. O`ylab qolasan, kishi, nega aynan tosh? Buni chiroyliroq qiyosga almashtirish ham mumkin edi-ku?! Javob topishga uringaningda turfa taxminlar, mulohazalarga duch kelasan.