Mazkur videoda Tailandning Lopburi shahrida motosikl va pikap ishtirokida sodir etilgan YTHda halok bo`lgan ayolning ruhi tanasini tark etishi aks etgan, deb xabar berdi “Topfact.su” nashri.
Motosiklni boshqarayotgan ayol katta tezlikda kelib, yo`l chetida turgan simyog`ochga urildi. Oradan bir necha soniya o`tgach, jasadning ustidan inson sharpasini eslatuvchi shakl paydo bo`ldi.
Birozdan keyin voqea joyiga yaqin oradagi garnizonlardan birida xizmat olib borayotgan harbiylar etib keldi. Harbiylardan birining qo`li sharpa orasidan bemalol o`tdi!
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ba`zilari mazkur hodisaga ishongan bo`lsa, ba`zilari uni soxta video deb atadi.
Manba: Darakchi.uz
|