Rossiyaning Nijniy Tagil shahrida yashovchi erkak ettinchi qavatning balkonidan tushib ketganiga qaramay, tirik qoldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Ettinchi qavatdan tushib ketgan 33 yoshli erkak kasalxonaga yotqizildi.
“Voqea joyiga polisiya xodimlari chiqdi. Erkak ko`p miqdorda spirtli ichimlik iste`mol qilganligi tufayli o`zini boshqara olmay, pastga qulagan. U kasalxonaga yotqizildi. Mazkur fakt bo`yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda”, deb ma`lumot berdi Sverdlov viloyati IIB matbuot xizmati rahbari Valeriy Gorelx.
Manba: Darakchi.uz
|