Yamanlik 8 yoshli kelin birinchi nikoh kechasida ichki a’zolar shikastlanishi va ichki qon ketishi natijasida vafot etdi.
Yamanda yosh jihatdan o‘zidan bir necha barobar katta insonga turmushga chiqish oddiy hol.
Bu yerdagi qizlarning ko‘pchilik qismi 15 yoshga ham to‘lmay oila quradilar.
2010 yilda 12 yoshli qiz tug‘ruq vaqtida vafot etgan. (Bu rasmiy ma’lumot, norasmiylari qancha…) U farzandini dunyoga keltirish uchun 3 kun qiynalgan va farzandi ham o‘zi ham vafot etgan.
Bunday yoshdagi onalardan ko‘p hollarda nogiron va nuqsonli bolalar dunyoga kelmoqda. Shunga qaramay ona va bola katta xavf ostida qolmoqda.
Ziyoda Ziyaeva tayyorladi
|