«Chizkeyk» so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib «pishloqli pirog» degan ma’noni anglatadi. Bu shirinlikni pishirish va tanovvul qilish so‘nggi yillarda juda urf bo‘ldi. Har bir restoran va qahvaxona menyusida, albatta, bu shirinlikni uchratish mumkin. Chizkeyk tayyorlashda istaganingizcha tajribalar o‘tkazishingiz, reza mevalar, shokolad va boshqa mahsulotlardan foydalanishingiz mumkin. Faqatgina chizkeyk tayyorlashdagi asosiy qoidalarga rioya qilsangiz bo‘lgani.
1. Uy sharoitida bu shirinlikni tayyorlashga kirishar ekansiz, avvalo to‘g‘ri qolip xarid qiling. Chizkeykka a’lo darajada to‘g‘ri keladigan qolip dumaloq shakldagi ochilib-yopiladigan qolipdir. Shunda pishiriqni qolipdan ajratayotganda zarar yetmaydi.
2. Tarkibida ko‘p miqdorda yog‘i (sariyog‘, margarin) mavjud xamirlarni pishirishda pergament qog‘ozi qo‘l keladi. Chunki bunday qog‘ozda pishiriq o‘z shaklini yo‘qotmaydi. Faqat qog‘ozni qolipdan 5 sm. kattaroq qilib kesing.
3. Chizkeyk tayyorlash uchun yana bir muhim narsa — xamir. Bu ko‘pchilik o‘ylaganidek qatlamali yoki keks xamiri emas. Bu uvalanuvchi korjdir. Chizkeykning klassik variant uchun yog‘liroq shirin pechenьye harid qiling. Yoki o‘zingiz sariyog‘ va undan pechenьye tayyorlang.
4. Qandolatchilar chizkeykni yumshoq pishloqdan tayyorlashadi. Pishloqning bu turi juda yog‘li bo‘lib, sutdan emas, qaymoqdan tayyorlanadi. Yodingizda saqlang, pishloq xona haroratida bo‘lsin, aks holda u yaxshi chiqmaydi.
5. Pishloqni aralashtirish jarayonida bo‘shliqlar paydo bo‘lmasligi uchun kichik tezlikda aralashtiring yoki umuman blenderdan foydalanmang. Ammo bu chizkeykning ta’miga ta’sir qilmaydi.
6. Chizkeyk gaz pechida pishayotganda shishadi. Shaklini saqlab qolish uchun esa tayyor tortni to‘g‘ri sovuting. Ya’ni pishiriq tayyor bo‘lgach gaz pechina o‘chirib, chizkeykni 30 daqiqaga qoldiring. Vaqt o‘tgandan so‘ng, gaz pechi og‘zini ochib yana 10 daqiqaga qoldiring. Shundan keyngina chizkeykni gaz pechidan olib butunlay sovuganidan so‘ng muzlatgichga 2-3 soatga qo‘ying.
|