Har bir ayol o`z turmush o`rtog`ini juda yaxshi bilaman, deb o`ylaydi. Aslida ham shundaymikan?.. Axir har bir insonning u erkak yoki ayol bo`lsin, har birimizning o`zimizga xos, yashirin xislatlarimiz bo`ladi. Agar turmush o`rtog`ingizning ana shunday ochilmagan qirralari haqida bilishni istasangiz, uning qanday uxlashiga bir nazar soling.
Ko`pchilik ayollar erlarining xurrak otishidan nolishadi. Garchi bunday erkaklar kunduzi mehribon, e`tiborli bo`lishsa-da, xurrak baribir ayollarni asabiga tegadi. Xurrak fiziologik jarayon, ammo erkak kishi buni tuzatishni istamasa, yoki tan olmasa, demak u xudbin.
Agar erkak kishi bola yig`isini eshitib, narigi yonboshga chappa qarab olsa, demak, u oilaviy muammolardan xoli bo`lgisi kelyapti. Farzandlar tug`ilishi odatda oila boshlig`idan katta mas`uliyat talab qiladi. Ko`pchiligi otalik hissini chuqur his qilib, bunga mas`uliyat bilan yondashadilar. Ammo ba`zilar bu rolga tayyor emasliklarini sezib qolishadi.
Agar turmush o`rtog`ingiz doim uxlash lozim bo`lmagan joylarda, ishdami, ko`chada o`rindiqdami uxlab qolaversa, u tashqi tomondan yaxshi oilaparvar, mas`uliyatli ishchi bo`lib ko`rinishi mumkin. Ammo qalbining tub-tubida u bularning bariga qo`l siltab qo`ya qoladi va xayolida boshqa joylarda uchib yuradi.
Yuqoridagi uyquchilarni metro yo bo`lmasam avtobuslarda mizg`ib oladiganlar bilan adashtirmang. Agar turmush o`rtog`ingiz avtobusda mizg`ib, hatto o`z bekatidan o`tib ketsa, demak, u parishonxotir. Ammo uxlab turib ham tetik bo`ladigan va hamma narsani sezib turadigan kishilar «xavfli». Siz uni har kanday ko`yga solaman deb o`ylaysiz, ammo u sizni yo`lda qoldirib ketadi, hatto.
O`zlarini uxlaganga solib o`tirishni yoqtiradiganlar ikkilama hayot kechirishga moyillar, ammo muhokama bo`lishni yoqtirmaydilar. Ularga o`zingini uxlaganga solib yotibsan, deya ko`rmang, baribir «Men hozir uyg`ondim-ku!», deyishlari tayin. Agar bunday hol tez-tez takrorlanaversa, ehtiyot bo`ling.
Ba`zi bir erkaklar hatto uyqularida ham hushyor yotadilar. Kimdir hatto pichirlab gapirsa ham, xonaga birov kirsa ham darrov uyg`onadilar. Bunday insonlar o`zlarini erkin tutolmaydilar va birovga, jumladan sizga ham ishonmaydilar. Hushyor uyqu kasb bilan ham bog`liq bo`lishi mumkin. Yoki ko`p narsalarni boshidan kechirgan insonlarda ham shunday holat sodir bo`ladi.
Va nihoyat juda kam uxlaydigan yoki uxlamaydigan erkaklar ham bo`ladi. Ular oddiy fe`l-atvorga ega bo`lmagan, iste`dodli kishilar bo`lishi mumkin. Ulardan ajoyib siyosatchilar, tadbirkor va olimlar chiqishi mumkin. Ammo oila masalasida afsuski, ular o`zlarini oilaga baxsh etolmaydilar.
Manba: Darakchi.uz
|