Agar tirnoqlaringiz tez sinuvchan va mo‘rt bo‘lib qolgan bo‘lsa, bu muammoni uy sharoitida ham bazaviy va efir yog‘lari yordamida bartaraf qilish mumkin.
Samarali va foydali efir yog‘lari
– limon – mikroblardan tozalashda, zamburug‘ kasalligiga qarshi kurashishda va plastinlarni oqartirishda katta yordam beradi;
– choy daraxti – tabiiy antioksidant va zamburug‘ga qarshi vosita, tirnoqni mustahkamlaydi va tashqi omillarning zararli ta’siriga chidamini oshirishga yordam beradi;
– lavanda – ko‘pincha qatlanishga qarshi ishlatiladi;
– ilang-ilang – tirnoqlarni umumiy parvarish qilishda foydalaniladi.
Bu yog‘lardan birortasi bazaviy yog‘lar bilan qo‘shib ishlatilsa ta’siri yanada oshadi.
Tirnoqlar parvarishi uchun eng mashhur bazaviy yog‘lar
1. Kanakunjut yog‘i – tirnoqlarni mustahkamlashga va o‘sishga yordam beradi.
2. Avokado yog‘i – tirnoqlarni namlashga va uning tabiiy sog‘lom rangini, yaltiroqligini tiklashga yordam beradi.
3. Zig‘ir yog‘i – qayta tiklovchi va yoshartiruvchi xususiyatga ega bo‘lib, tirnoqlarni namlaydi va o‘sishini tezlashtiradi.
4. Zaytun va bodom yog‘lari – tirnoqlarni sog‘lomlashtiradi va namlaydi. Ular kimyoviy ta’sirlardan himoya qilishda qo‘llaniladi.
|