Вверх
Четверг, 21-Ноября-2024, 20:44
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 338
Статистика
Главная » 2017 » Февраль » 1 » Taom mazasi idish sifatiga bog‘liqmi?
Рекомендуемы
00:39
Taom mazasi idish sifatiga bog‘liqmi?

Siz kartoshkani yaxshi qovura olmayapsiz, grechkali bo‘tqangiz esa buvingizning eski cho‘yan qozonida pishgan bo‘tqadek mazali chiqmayaptimi? Shuning uchun ham siqilib o‘tiribsizmi?! Bu asabingiz buzilishiga arziydigan muammo emas! Ovqat pishirishni bilmaydigan ayollar bo‘lmaydi, faqat noto‘g‘ri tanlangan idishlar bo‘ladi.

CHO‘YAN

Bu metallning issiqlik o‘tkazishi nisbatan past bo‘lgani uchun issiqlik cho‘yan idishda bir tekis tarqaladi va uzoq vaqt saqlanadi. Cho‘yan yoki cho‘ziq qozonlarda uzoq pishiriladigan ovqatlar, masalan, go‘sht dimlash yoki palov tayyorlash mumkin (bunday idishlarda ovqat darrov tagiga olib ketmaydi).

Afzalligi. Shakli o‘zgarmaydi, rangi o‘chmaydi, salga qirilmaydi, uzoq vaqt xizmat qiladi.

Kamchiligi. Sekin qiziydi. Cho‘yan tez zanglaydi. Shu bois, bunday idishdan foydalangach, uni darhol quruq lattada artish kerak. Bu nozik metall tushirib yuborilsa, darz ketishi mumkin. Undan ehtiyotkorlik bilan foydalanish lozim. Bunday idishda tayyor taomlarni uzoq vaqt qoldirmang. Masalan, grechkali bo‘tqa cho‘yan idishda qorayadi. Ammo emalь bilan qoplangan cho‘yan bunday kamchiliklardan xoli.

ZANGLAMAYDIGAN PO‘LAT

Zanglamaydigan po‘latdan yasalgan idish — ajoyib narsa: u qulay, gigiyena talablariga javob beradi, deyarli umrbod xizmat qiladi. Yuzasi yaltiroq, bu faqat chiroyligina emas, balki xizmatbop ham. Bunday yuzalar xiralariga qaraganda sekinroq soviydi, natijada ovqat anchagacha issiq turadi. Po‘lat idish sotib olganda albatta devorlarining qalinligiga (eng ma’quli 0,6-0,8 sanaladi) va jilosiga (qanchalar zo‘r yaltirasa, ovqat shuncha sekin soviydi) e’tibor bering.

Afzalligi. Oksidlanishga qarshi chidamli, qaynatganda ayrim mahsulotlar foydali xususiyatlari, ta’mi va hatto vitaminlarini ham yo‘qotmaydi: unda tayyorlangan taom uzoq saqlanadi. Oson yuviladi, har doim yangidek ko‘rinadi (faqat vaqti-vaqti bilan ichki yuzasini yoQ bilan artib turish kerak). Uzoq xizmat qiladi.

Kamchiligi. Nikelga allergiyasi bor odamlarga tavsiya qilinmaydi. Yana bir kamchiligi — issiqlik o‘tkazishning pastligi. Lekin ko‘p qavatli semiz tubli idish sotib olsangiz, bu kamchilikni ham bartaraf etsa bo‘ladi.

ALYUMIN IDISH

Yengil, arzon, uzoq xizmat qiluvchi alyuminiy idishlar bir necha o‘n yil avval juda ommalashgan edi, lekin bugun zamonaviy materiallar uni siqib chiqaryapti. Lekin shunga qaramay, ayrim bekalar alyuminiy idishlarni hamon ishlatishadi.

Afzalligi. Nisbatan arzon, yengil va uzoq xizmat qiladi. Alyuminiy issiqlikni yaxshi o‘tkazadi. Shu bois bunda suv tezroq qaynaydi.

Kamchiligi. Kislotasi yuqori bo‘lgan mahsulotlarni tayyorlashda (limon, shavelь va shunga o‘xshashlari) bu metall parchalari organizmga tushishi mumkin, bu esa asab va suyaklarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xulosa: bunday idishda mahsulotlarni qaynatish mumkin, ammo tayyorlangan taomlarni saqlab bo‘lmaydi. O‘ta ingichka devorli idishlarning shakli tez buziladi, shuning uchun alyuminli kastryulkalarning semiz devorlisini tanlagan ma’qul.

SIRLANGAN IDIShLAR

Bunday idishlarni cho‘yan yoki temirdan yasashadi, 2-3 qavatli shishasimon emalь bilan qoplashadi, bu uni korroziyadan yaxshiroq saqlaydi.

Afzalligi. Unda ko‘p taomlarni tayyorlash, har qanday mahsulotlarni saqlash, hech cho‘chimay tuzlamalar va marinadlar qilish mumkin. Ortiqcha asrashni talab qilmaydi.

Kamchiligi. Taom tayyorlashda ehtiyotkorlikni talab etadi. Ozgina e’tiborsizlik qilsangiz, tagiga oladi. Sir tez ko‘chadi, shuning uchun bunday idishlar uzoq xizmat qilmaydi. Siri ko‘chgan idishda taom tayyorlash xavfli: metallar qo‘shiluvi natijasida zaharlanish mumkin. Bundan tashqari, ozgina joyida siri ko‘chgan idishda ham mahsulotlarni qaynatganda, vitamin S bir daqiqaning ichidayoq yo‘qoladi. Shuning uchun zanglamaydigan po‘lat hoshiyasi bor sirli idishlarni sotib olgan ma’qul.

OLOVGA CHIDAMLI SHISHA

So‘nggi paytlarda aynan shunday idish urfga kirayapti. Bu material inersiyali bo‘lgani uchun mahsulotlar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Mikroto‘lqinli pechlar va duxovkalarga mos.

Afzalligi. Issiqlik o‘tkazish pastligi bois bunday idishda issiqlik uzoq saqlanadi. Gigiyenik, ekologik talablarga javob beradi. Oson yuviladi va unda qasmoq to‘planmaydi.

Kamchiligi. Ancha qimmat turadi. Shisha kastryulkalar bilan o‘ta ehtiyot bo‘lish kerak. Ularni har qanday isituvchi asbobga qo‘yish mumkin. Faqat tagiga olovni kesadigan metall setka qo‘yish lozim. Shisha metallga qaraganda issiqlikni yomon o‘tkazgani uchun bir tekis qizimay, darz ketishi mumkin. Metall olovning taftini kesadigan setka esa issiqlikning bir tekis tarqalishiga yordam beradi.


Категория: QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR | Просмотров: 1621 | Добавил: admin | Теги: bog‘liqmi?, sifatiga, mazasi, Taom, idish | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Четверг 21-Ноября-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Февраль 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz