– Uch nafar farzandim bor. Kichigi endi bir yoshga to`ladi. Men kabi yosh bolali tadbirkor ayollarga soliqdan qanday imtiyozlar bor? Shu haqida bilmoqchi edim.
Gulnoza Jumaqulova,Olmaliq shahri
Savolga Davlat soliq qo`mitasi axborot xizmati boshlig`i Muzaffar YuSUF NAZAROV javob beradi:
— O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 180-moddasi 10 va 11-bandlariga asosan, ikki va undan ortiq o`n olti yoshga to`lmagan bolalari bor yolg`iz onalar, shuningdek ikki va undan ortiq o`n olti yoshga to`lmagan bolalari bor va boquvchisini yo`qotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar daromad olingan har bir oy uchun eng kam ish haqining to`rt baravari miqdoridagi daromadlar bo`yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ini to`lashdan ozod etilgan.
Soliq qonunchiligida ikki va undan ortiq bolalari bor tadbirkor ayollarga alohida soliq imtiyozlari belgilanmagan.
|