Ulug`bek Ergashev, tibbiyot fanlari nomzodi:
– Tana haroratining ko`tarilishi, aslida, yaxshi belgi. Negaki, bu organizmning himoya tizimi to`la quvvat bilan ishlayotganidan dalolatdir. Shu bois 38 darajagacha bo`lgan tana haroratini tushirishga harakat qilish kerak emas.
Organizmga yordam berish uchun iloji boricha o`rinda yoting, ko`proq suyuqlik iste`mol qiling. Chunki ichilgan suyuqlik organizmdan barcha zararli moddalar va mikroorganizmlarni chiqarib tashlaydi va tezroq sog`ayishga imkon yaratadi. Sharbat, choy va qatiq ichib turing. Ayniqsa, choyga limon qo`shsangiz, foydasi yanada oshadi. Chunki limon tarkibida C vitamini mo`l-ko`l bo`lib, u organizmda viruslar ko`payishining oldini oladi.
Agar tana harorati uch kundan ortiq vaqt mobaynida 37,7 darajadan yuqori saqlansa, demak, organizmning o`zi kasallik bilan kurasha olmayotgan bo`ladi. Bunday hollarda shifokorga murojaat etganingiz ma`qul.
|