14 avgust kuni kechqurun Toshkent shahridagi «qora bozor»larda bir dollar 6900 so‘mdan sotilmoqda (sotib olish narxi 6800 so‘m). Sarroflar valyuta sotishni to‘xtatishgan.
Viloyatlarda esa kurs 6600 so‘mgacha tushgan.
Shu tariqa, «qora bozor»da qisqa muddat ichida dollar narxi 8400 so‘mdan 7000 so‘mdan pastga qulashi (20 foiz) kuzatilmoqda (Bir necha kun oldin bir dollar 7600 so‘m edi). Bu qulash davom etishi kutilmoqda.
Markaziy bank belgilagan rasmiy kurs esa bugungi kunda 4154 so‘m 36 tiyinni tashkil qilmoqda.
Qayd etish kerakki, rasmiy kurs har haftada o‘rtacha 25-30 so‘mdan o‘smoqda. Bu vaqtda dollarning bozor kursi har kuni tushmoqda.
Buning asosiy sababi xalq iste’moli tovarlarining rasmiy importi bilan shug‘ullanuvchilar uchun tijorat banklari orqali bozor kursida valyuta sotuvining boshlanganidir. Shuningdek, markazlashlashmagan eksport uchun majburiy sotuvning bekor qilingani ham bu holat omillaridan biri bo‘lmoqda.
Ayni kunlarda rasmiy, ya’ni oq import bilan shug‘ullanuvchilar ilgari kulrang sxemalarda orttirilgan va jamg‘arilgan valyuta mablag‘larini qora bozorda so‘mga almashtirish va legallashgan so‘m hisobiga tijorat banklaridan rasmiy, qonuniy ko‘rinishda valyuta sotib olishni amalga oshirishmoqda.
Bu jarayon toki rasmiy importerlarning kulrang sxemalari to‘liq «oqlangunigacha» va valyuta-tovar-so‘m butun sikli yakunlanguncha davom etadi. Shu sababli qora bozorda dollarning kursi yana pasayishda davom etishi va psixologik ko‘rsatkich 1 dollar - 8 6,5 ming so‘mgacha yetishi mumkin.
Prognozlarga ko‘ra, sentyabr oyida kurs yana ko‘tarilib, banklardagi bozor kursi bilan tenglashishi mumkin.
Ekspertlar dollardagi jamg‘armalarini so‘mga almashtirmay turishni maslahat bermoqda.
Manba: Zamin.uz
|