Qatronli sovun tarkibining 10 foizini qayin daraxtidan olingan qatron tashkil etadi. Ayni shu qatron tufayli bu sovun – «go‘zallik sovuni» degan nomga sazovor bo‘lgan.
Qatronli sovun yuz terisini tozalashda va yallig‘lanishni quritishda ishlatiladi. U yuz terisidagi husnbuzarlarga qarshi kurashishda, dezinfeksiya qilishda va teri yallig‘lanishiga tez barham berishda tengi yo‘q vosita hisoblanadi.
Qatronli sovundan muntazam ravishda foydalanish natijasida yuz terisi quruq bo‘lib va tortishib qolgandek sezilishi mumkin. Bu muammoni yuvingandan so‘ng namlovchi krem surish orqali bartaraf etsangiz bo‘ladi.
Sovun bilan yuvinishda iliq suvdan, chayqashda esa sovuq suvdan foydalanish tavsiya qilinadi.
Qatronli sovun nimjon va shikastlangan sochlar uchun juda foydali. 1 haftada 1-2 marta shampunь o‘rnida ishlatish – soch to‘kilishining oldini olishga va soch ildizini mustahkamlashga yordam beradi. Bundan tashqari, bu sovun qazg‘oqqa qarshi kurashishda ham foydali vosita hisoblanadi.
Qatronli sovunning faqat bir xususiyati sizga yoqmasligi mumkin. Bu – uning hidi. Bu muammoni 1—2 tomchi efir yog‘i qo‘shilgan chayqaydigan balьzamdan foydalanish yo‘li bilan bartaraf etsa ham bo‘ladi.
|