Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yashovchi erkak divandan yiqilib, olgan tan jarohati tufayli vafot etdi, debxabar berdi “Ria.ru”nashri.
Voqea 14 yanvar kuni sodir bo`ldi. Nashrning xabar berishicha, 46 yoshli peterburglik erkak do`stining uyiga mehmonga borgan va ular birgalikda spirtli ichimlik iste`mol qilishgan. Mehmondorchilik vaqtida erkak divandan boshi bilan yiqilgan. Oqibatda olgan tan jarohati tufayli “Tez yordam” mashinasi etib kelgunga qadar vafot etgan.
Mazkur fakt bo`yicha polisiya tomondan surushtiruv ishlari olib borilmoqda.
|