Xitoyning “Tyanszin Syuanszyan” klubiga o`tgan Aleshandre Pato “Milan”dagi faoliyatini yuragida saqlashini aytib o`tdi.
“Milan” safida to`p surish faoliyatimdagi unutilmas va ajoyib damlar edi. Bir necha yillar davomida yuqori formada o`ynadim, biroq keyin nimadir bo`ldi. Bundan afsusdaman, lekin “Milan”dagi faoliyatimni hech qachon unutmayman. “Milan” hamisha yuragimda qoladi”, – dedi Pato.
Ma`lumot o`rnida, safida braziliyalik futbolchi milanliklar safida 2007-2013 yillar davomida to`p surgan. A Seriyada 117 o`yin o`tkazgan Pato 51 ta golga mualliflik qilgan edi.
|