O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki yangi 10 ming so`mlik kupyurani muomalaga chiqaradi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining "O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 10000 so`mlik banknotalarning chiqarilishi to`g`risida"gi qarorga Senat raisi Nig`matilla Yo`ldoshev imzo chekkan.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan taqdim etilgan 10000 so`mlik banknotning namunasi hamda dizayni ma`qullangan. Yangi kupyura qachondan muomalaga chiqarilishi haqida hozircha ma`lumotlar yo`q.
Ma`lumot uchun, O`zbekistonda hozirga qadar 100,200,500,1000 va 5000 so`mlik kupyuralar muomalaga chiqarilgan.
Manba: Darakchi.uz
|