Вверх
Суббота, 23-Ноября-2024, 15:15
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 338
Статистика
Главная » 2017 » Январь » 31 » Mustaqil hayot uchun kurash
Рекомендуемы
11:15
Mustaqil hayot uchun kurash

Mening yigirma yoshga kirgan bir jiyanim bor. Kenja farzand bo‘lgani uchunmi, onasi biroz erkalatib o‘stirgan. Otasi yoshligida vafot etib ketganligi bois uning ikkita akasi maktabni tugatar-tugatmas savdo-sotiq ishlari bilan mashg‘ul bo‘lishdi. Avvaliga ishlari biroz yurishmadi. Ammo keyinchalik o‘z sohalarining piriga aylanib ketishdi.

Ana shu ikki aka “eng kichkinamiz”, deya yigirma yoshli jiyanimizni juda taltaytirib yubordi. Ular ukasiga har oy dasta-dasta pul jo‘natar, nima xohlasa shuni olib berishardi. Ammo bir kuni ikki aka ham kutilmaganda unga pul bermay qo‘yishdi. Bundan hayratga tushgan uka avvaliga xotirjam yurdi. So‘ng bezovtalana boshladi. Axir akalari nega bunday qilishyapti? Uni yomon ko‘rib qolishdimikin yoki?

Yuragini tirnayotgan alamlarini axiyri bir kuni onasiga aytdi. “Akalaring endi senga pul berishmas ekan”, — dedi onasi ham xotirjam tarzda. “Nega?” ko‘zlaridan o‘t chaqnab ketdi ukaning. “Akalaring endi yoshing yigirma uchga kirganligini, bundan buyog‘iga o‘z aravangni o‘zing tortishing kerakligini aytishdi”, — dedi ona. Ukaning boshidan muzdek suv quyilgandek bo‘ldi. Xayolan akalaridan ranjidi, urishdi, ulardan arazladi, ammo baribir endi nima qilishni bilmasdi u.

Bir kuni u yonimga kelib, “tog‘a gangib qoldim, nima qilishni, qanday ishning boshini tutishni bilmayapman. Akalarim endi menga yordam berishmasmish” — dedi. “Akalaring to‘g‘ri aytishibdi. Senga yordam berishni bundan besh yil oldin to‘xtatishlari kerak edi. Endi sen akalaringdan xafa bo‘lish o‘rniga ularga rahmat aytishing kerak. Akalaring bizning ko‘magimiz bilan o‘zi mustaqil ishlab ketar, deya shu kungacha umid qilishdi. Ammo sendan sado chiqmagandan kiyin shu qarorga kelishgan-da”, dedim men ham xotirjam tarzda. “Menga maslahat bering, endi nima qilay?” deya yig‘lagudek bo‘ldi jiyanim. Shunda men unga poytaxtda yashaydigan bir qarindoshimizning oldiga borishini va undan yo‘l-yo‘riq so‘rashini maslahat berdim. Xayolimga esa kitobdan o‘qiganim, quyidagi so‘zlar keldi va jiyanimga ham gapirib berdim:

a) Hayotda kelajagingizga ishoning, o‘z tafakkuringizni ishga colsangiz g‘oyalar tug‘iladi, oldingizga maqsad qo‘ying. So‘ng o‘zingizga savol bering va kuting. Javob uzoq kuttirmaydi.

b) Eng avvalo, o‘zingizga yoqadigan ish topishingiz kerak. Sevimli kasbingizning barcha tarkibiy qismlari allaqachon sizda. Siz hozirgacha buni anglamaysiz, chunki haqiqiy tabiatingiz bilan bitta to‘lqinda emassiz. Sabot bilan diqqatingizni jamlang, shunda sizga tushuncha keladi, so‘ng javob ham. Siz aksariyat insonlar butun umri davomida jonsarak bo‘lib nimanidir axtarishi, lekin uni topa olmay hayot jumboqlardan iborat, degan xulosaga kelishlarini tushunasiz va hayotingizning sirli mohiyatini bilib olasiz. Bilganda ham nafaqat aql bilan balki, yurakdan anglaysiz. Vaqt o‘tishi bilan buni tushunasiz.

 Hech qachon jangsiz taslim bo‘lmang. Boshqa tuzoqqa ham tushib yurmang. Baribir hech narsa bo‘lmaydi degan xayol bilan harakat boshlasangiz, boshidan yutqazasiz. Fikrlaringiz va harakatlaringizni mushtarak qiling, o‘z-o‘zingiz bilan mushtarak bo‘ling.

 v) Siz yechimi bor degan qat’iy xulosa bilan ish boshlang — bu muammongizning aniq yechimi hisoblanadi. Tafakkur va maqsadingizning sehrli kuchi, albatta, o‘z yechimini topadi va bu shunday amalga oshadiki, bunday oson ro‘y berishini siz kutmagan ham bo‘lasiz. Muvaffaqiyatga qat’iy ishoning va u keladi. Shubhaga zarracha imkoniyat qoldirmang, uni tafakkuringiz kuchi yetgancha xayolingizdan quving. Shubha — zulmatning ajralmas qismi, optimizm esa yorug‘lik va hayot podsholigiga bo‘ysunadi. Bu ikki kuch doim qarama-qarshi kurashda. Siz shubhaga qarshi sabot bilan kurashishingiz lozim. Shubha — bu ham fikr va boshqa fikrlarga o‘xshab moddiylashishga harakat qiladi.

Mening gaplarimni eshitib, jiyanimning ko‘zlari charaqlab ketdi. “Menda g‘oyalar paydo bo‘ldi”, — dedi sevinib. So‘ng o‘sha zahoti poytaxtga jo‘nab ketdi. Keyinchalik eshitsam, u to‘ppa-to‘g‘ri o‘sha tadbirkor qarindoshimiznikiga borib, “ menga tadbirkorlikni o‘rgating, yoningizga oling. Agar sizning korxonangizda ish o‘rni bo‘lmasa menga “Neksiya” mashinasiga yetadigan pul qarz bering. Men bu mashina bilan sizning xizmatingizni qilaman, bo‘sh paytlarim kirakashlik qilib pul topaman. Mustaqil oyoqqa turib olgach, albatta, sizning pullaringizni qaytaraman” debdi.

 Mana, ko‘rdingizmi, inson o‘z hayotini o‘zgartirishga kirishishi qanchalik oson! Shunchaki, so‘rash kerak, lekin ba’zi odamlar so‘rashga ham botina olishmaydi. Siz ham agar hayotingizda nimanidir o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz jur’atingizni to‘plab, so‘rashingiz kerak.

 Xullas, tadbirkor qarindoshi jiyanimga bitta mashinaga yetadigan pul beribdi va:

— Sen bu pullarni osonlik bilan qo‘lga kiritdim, deb o‘ylayotgandirsan. Lekin seni ishontirib aytamanki, kelajakda pullarni qo‘lga kiritish juda qiyin bo‘ladi, deb o‘ylashing mutlaqo noto‘g‘ri. Lekin ko‘p insonlar xuddi shunday fikrda. Ular pul uchun ko‘p va og‘ir mehnat qilish kerak, deb o‘ylashadi. Aslida esa mehnat insonni ko‘proq ishlashga majburlab, tafakkur kuchi va bardoshini mustahkamlashga xizmat qiladi. Sen pul ishlab topganingda mening uslubimdan foydalansang, bu tez orada ro‘y berishi aniq. Hamma narsadan ham muhimi munosabatlar, fikriy rejalar. Bunga e’tiborsiz bo‘lganlar omadsizlikka mahkum va uni kutishi uchun og‘ir yoki yoqimsiz ish bilan shug‘ullanishga majbur. Doim yodda tut, tashqi holatlar tafakkuring holati hamda ichki chuqur xulosalaringning akslanishidir.

 Unutma, senga pul kerak bo‘lib qolganda nima qilish kerak? Agar sen uni tez va oson topishga ishonsang shunday bo‘lib chiqadi ham. Agar aqlingdan zarracha shubha o‘rin olsa, hozir qo‘lingda turgan pulni esga ol. Shunchaki, so‘rash kerak. Agar so‘ragan narsangga darrov erishishingga ishonsang, uni allaqachon oldim, deb tasavvur etsang, haqiqatan ham shunday bo‘ladi. Bizning ko‘nglimiz tubidagi xulosalarimiz doimo hayotga tatbiq etib kelingan.

 Sen ham uni boshqa narsaga ishlatma. Pulni o‘zi uchun ishlashga qo‘yish o‘rniga uni yerga ko‘mgan insonlarning xatosini takrorlama. Bunday yo‘l tutganlar yana bitta mudhish xatoga yo‘l qo‘yishadi: ular inon-ixtiyorlarini qo‘rquvga topshirib qo‘yishadi. Qo‘rquv gumonning akasi, bu esa insoniyatning eng katta dushmani. Sen uni yengishing kerak. Jasur va qo‘rqmas bo‘l. Topgan pulini, garchi jo‘yali sabab bo‘lsa ham, ko‘mgan inson bu pulga loyiq emas. Qachondir yana nimagadir ega bo‘la olmasa kerak, chunki u hayotning buyuk qonunlaridan biri — to‘kinlik qonunini buzmoqda. Ko‘payishi uchun pullar erkin harakatda bo‘lishi kerak” deya nasihat beribdi. Men ham qarindoshimizning fikriga qo‘shilgan holda mustaqil hayot uchun kurash har bir kishining o‘z vazifasi ekanligini uqdirdim.

Abdihomit ABDIXALILOV

 


Категория: Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari | Просмотров: 3754 | Добавил: admin | Теги: mustaqil yashash, mustaqil pul topish, psixalogik maslahatlar, psixologiya, psixolog maslahati, ruhshunos maslahati, foydali maslahatlar | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Суббота 23-Ноября-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Январь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz