Ispaniya chempionati 18-turida "Sevilya" jamoasi o`z maydonida "Real Madrid" futbolchilari bilan o`zaro bahs olib bordi. Qiziqarli kechgan o`yinda andalusiyaliklar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvning 67-daqiqasida Krishtianu Ronaldu hisobni ochgan bo`lsa, 85-daqiqada Serxio Ramos o`z darvozasini ishg`ol qilib qo`ydi. 90+2-daqiqada Stevan Yovetich "Sevmlya"ga g`alaba keltirgan gol muallifi bo`ldi.
Shunday qilib, "Real"ning 40 o`yindan iborat mag`lubiyatsiz seriyasiga nuqta yasaldi.
Sevilya – Real Madrid 2:1
Gollar: 0:1 – 67, penalti Ronaldu, 1:1 – 85, avtogol Ramos, 2:1 – 90 (+2) Yovetich.
Sevilya – Riko, Parexa, Eskudero, Mariano, Rami, Nasri, Iborra (Sarabiya, 77), Vitolo, Nzonzi, Vaskes (Yovetich, 68), Ben-Yedder.
Real Madrid – Navas, Varan, Ramos, Nacho, Marselo, Modrich, Kazemiro, Kroos (Kovachich, 75), Karvaxal, Benzema, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Iborra (31), Nzonzi (42), Nasri (81), Marselo (84).
|